

Bu haqda jurnalist Sam C o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.
Manba bergan xabarga ko'ra, Madrid klubi ukrainalik darvozabonni uzoq muddatli istiqboldagi munosib nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda.
"Benfika" klubi rasmiylari Trubin va Joze Mourinyu o'rtasida yaxshi munosabatlar borligini qayd etishmoqda. Shuningdek, portugaliyalik mutaxassisning darvozabonlar bo'yicha murabbiyi 24 yoshli posbonning imkoniyatlari bilan juda yaxshi tanish.
Trubin 2023 yilda "Shaxtyor"dan o'tganidan beri "Benfika" sharafini himoya qilib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda ukrainalik darvozabon barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.



