"Manchester Siti" Enco Fernandes uchun 120 million evro taklif qildimi? Qarama-qarshi xabarlar

14 avg 2026, 00:07
"Manchester Siti"ning "Chelsi" yarim himoyachisi Enco Fernandes transferi bo'yicha ehtimoliy taklifi yuzasidan qarama-qarshi ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Avvalroq "Chelsi" "Manchester Siti"ga Enco bo'yicha dedlayn belgilagani haqida xabar berilgan edi. Londonliklar juma kuni kechga qadar 120 million funtlik taklif tushishi kerakligini bildirgan, aks holda argentinalik yarim himoyachi jamoada qolishi aytilgan.

Argentinalik jurnalist Sesar Luis Merlo esa eksklyuziv ma'lumot berib, "Manchester Siti" "Chelsi"ga Enco Fernandes uchun 120 million evro (102,5 million funt) taklif qilganini xabar qildi. London klubining bu taklifga javobi hozircha noma'lum.

Biroq insayder Fabricio Romano bu ma'lumotni rad etdi. Uning takidlashicha, transfer oynasi yopilishiga 25 soat qolganida "Chelsi"ga Enco bo'yicha hech qanday rasmiy taklif kelib tushmagan.

Shu tariqa, Enco Fernandesning "Manchester Siti"ga o'tishi masalasida hozircha aniqlik yo'q. Yakuniy qaror transfer dedlayni yaqinlashgan sari ma'lum bo'lishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano