

Fyodor Ivanovich futbolchilik faoliyatida Rossiyaning bir qator klublari sharafini munosib himoya qilgan. 1984 yilda esa sobiq Ittifoq yoshlar jamoasi safida yoshlar o'rtasida Yevropa chempioniga aylangan. Sobiq Ittifoq sport ustasi unvoni bilan taqdirlangan. 1991 yilda esa Yuriy Sarkisyan qo'l ostida Farg'onaning Neftchi klubi sharafini himoya qilgan.
Murabbiylik faoliyati davomida Vladikavkazning Alaniya, Lokomotiv (Nijniy Novgorod), Dinamo (Stavropol) singari klublarni boshqargan. 59 yoshli mutaxassis iyul oyida Dinamo murabbiylar shtabiga qo'shilgandi. Fyodor Ivanovich Dinamo bilan shartnoma imzoladi va yordamchi murabbiy lavozimida rasman faoliyat yuritadi.




