Koffi Kouao: "Menda ikkita o'ng oyoq bor"

13 avg 2026, 21:48
"Neftchi" tarkibida debyut o'yinidayoq "Andijon" darvozasini ishg'ol qilgan futbolchi Koffi Kouao derbidan keyingi fikrlarini bildirdi.

- Iliq kutib olgan barchaga rahmat. Birinchi bo'limni hisobga olmasa, menimcha yaxshi o'yin o'tkazdik. Raqib qizil kartochka olganidan keyin o'yin o'zgardi. Keyin uchta chiroyli gollar urdik. Jamoa uzoq vaqtdan buyon peshqadamlikni saqlab kelmoqda. Ushbu g'alaba bilan jamoani tabriklayman, bizni yanada ko'proq g'alabalar kutmoqda.

- "Neftchi" muxlislari haqida nima deya olasiz?

- Aqlbovar qilmas. Ular jamoaning bir qismi. Ular borligida biz raqibdan ko'proqdek bo'lamiz va bizga qulaylik tug'diradi. O'z navbatida muxlislar ham shu tempni saqlab qolishlariga ishonaman.

1786642192663.jpg

- Muxlislarni 10 ballik reytingda baholay olasizmi?

- 10 ball.

- O'ng qanot futbolchisi sifatida chap oyoqda chiroyli gol urdingiz.

- Menda ikkita o'ng oyoq bor. Albatta hazil. Men o'zim uchun qulay bo'lgan qanotda o'ynadim va yaxshi nuqtada qulay bo'lgan oyoqda tepdim. Chap oyog'im ham yaxshi ishlaydi. Birinchi golimni urib olganimdan xursandman.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia