Mirjalol Qosimov: "Yutish uchun gol urish kerak"

14 avg 2026, 00:50
Superliganing 17-turi doirasidagi "Buxoro" - OKMK uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Turnir jadvalida bir-birimizga yaqin edik va bunday bo'lishi kutilgan hol. Yutish uchun gol urish kerak. Buni oldin ham aytganman, biz juda oddiy gollarni o'tkazib yuboryapmiz. Bu olti ochkolik o'yin edi. Buni yigitlarga ham ta'kidlab o'tgan edim. "Buxoro"ni tabriklayman, endi biz keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. O'yin davomida beshta yaxshi vaziyatga ega bo'ldik. Hisob 0:0 paytida Ivan Peshichda gol urish uchun yaxshi vaziyat bo'lgandi, biroq bundan foydalana olmadi. Shu, biz yaxshi vaziyatlar yaratib, gollar ura olmayapmiz va oddiy joylarda gollar qo'yib yuboryapmiz. Kiyinish xonasida buni yigitlarga aytdim. Yutish uchun gol urish kerak.

- Birinchi bo'limdan keyin darvozabonni almashtirish nima bilan bog'liq edi?

- Hammasi birinchi bo'limdagi oddiy xatolardan boshlandi. O'yinni boshlashda, to'pni tashlashda ikki marta, keyin esa to'pni o'rtaga tepishda tushunarsiz holat, ishonchsiz harakat qildi, gol ham og'ir vaziyat emasdi, bemalol to'pni qo'lda ushlab olsa bo'lardi. Sabab shu. Balki yaxshi uxlamagandir, o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rmagandir. Sababini bilmadim, lekin hali o'yinni taxlil qilib chiqamiz va yigitlar bilan gaplashib olamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia