

“Birinchi bo'limni yaxshi boshladik. O'yin davomida vaziyat to'liq nazoratimiz ostida bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa o'zimiz yaratgan imkoniyatlardan etarlicha foydalana olmadik. Raqibimiz - So'g'diyona jamoasi esa o'zi yaratgan imkoniyatlardan unumli foydalandi.
Yigitlarimiz uchrashuv davomida bor kuchlarini berib, harakat qilishdi. Ularga nisbatan etirozimiz yo'q. Biroq ayrim vaziyatlarda sovuqqonlik yetishmaganini takidlash joiz. Kelgusi uchrashuvlarga yanada puxta tayyorgarlik ko'rib, muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz.
Shu o'rinda, uzoq masofani bosib o'tib, bizni o'z qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarimizga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Ularning qo'llab-quvvatlashi biz uchun juda muhim”, - dedi Usmonov.



