

Superliga. 17-tur
“Buxoro” - OKMK 2:0
Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev
Ërdamchi hakamlar: Adhamjon Rixsiboev va Daniil Yacenko
Zaxira hakami: Dias Galeev
Nazoratchi: Olimjon Abduvasilov
VAR hakami: Ravshan Abduvohidov
AVAR hakami: Avaz Abdullaev
Komissar: Qudrat Madraimov
Gollar: 1:0 – 45+3, Sherzod Esanov; 2:0 – 90+6, Vladimir Rodich (Quvondiq Ro'ziev)
"Buxoro": 12. Umidjon Hamroev, 7. Xurshidbek Muxtorov, 42. Kiril Todorov, 30. Boyan Mladovich (2. Velko Filipovich, 30 (5. Sardor Qulmatov, 46), 25. Sherzod Esanov, 27. Muhammad Yo'ldoshev (14. Islombek Baratov, 69), 78. Vladimir Rodich, 8. Anvarjon Jo'raev, 17. Javohir Ro'ziev (21. Quvondiq Ro'ziev, 65), 11. Temur Mamasiddiqov (97. Shahboz Jo'rabekov, 65), 10. Shahzodbek Ubaydullaev
Zaxira: 13. Azizxon Isaqov, 9. Nika Kachavara, 77. Asilbek Qayumov, 88. Dominik Begich
OKMK: 35. Javohir Ilyosov (23. Hamidullo Abdunabiev, 46), 3. Shahzod Toirov, 6. Avazbek O'lmasaliev, 13. Eldorbek Begimov (7. Dilshodbek Ahmadaliev, 58), 22. Saidafzalxon Ahrorov, 88. Siavash Haqnazariy, 5. Giorgi Papava, 9. Aziz Xolmurodov (11. Ali Abdurahmonov, 75), 17. Nodirbek Abdurazzoqov, 27. Urosh Koyich (28. Arixiro Sentoku, 60), 77. Ivan Peshich (10. Asadbek Sobirjonov, 46)
Zaxira: 21. Hazratjon Tursunqulov, 19. Ahmadullo Muqumjonov, 44. Abror Karimov, 8. Abubakr Rizo Turdaliev
Ogohlantirishlar: Aziz Xolmurodov (37), Shahzodbek Ubaydullaev (40)
🏁 90+9’ Uchrashuv yakunlandi! "Buxoro" o'z maydonida kechgan keskin va murosasiz kechgan bahsda OKMK jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
⚽ 90+6’ GOL! "Buxoro" ustunlikni mustahkamladi! Quvondiq Ro'ziev chap qanotdan yana bir bor ajoyib uzatmani amalga oshirdi. Jarima maydonchasi ichida raqib himoyachilaridan o'zib ketgan Vladimir Rodich bosh bilan to'pni darvozaga aniq yo'llab, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi!
⚠️ 90+4’ Xavfli vaziyat! Shahzodbek Ubaydullaev yana bir bor jarima maydonchasi ichida raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va zarba yo'lladi. OKMK posboni Hamidullo Abdunabiev katta qiyinchilik bilan to'pni qaytarib yubordi.
90+3’ "Buxoro" futbolchilarining hujumi: Quvondiq Ro'ziev chap qanotdan to'pni uzatdi, Shahzodbek Ubaydullaevning bosh bilan yo'llagan zarbasi esa noaniq ketdi.
90’ Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga bosh hakam tomonidan 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
⚠️ 87’ Xavfli vaziyat! OKMK yarim himoyachisi Giorgi Papava chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi. "Buxoro" posboni Umidjon Hamroev ajoyib mahorat ko'rsatib, yana bir bor seyv ijro etdi.
80’ OKMK futbolchilari tomonidan amalga oshirilgan burchak uzatmasidan so'ng Ali Abdurahmonov bosh bilan zarba yo'lladi, biroq to'p darvozadan noaniq ketdi.
🔄 75’ OKMK tarkibida navbatdagi o'zgarish: Aziz Xolmurodov o'zining o'rnini Ali Abdurahmonovga bo'shatib berdi.
⚠️ 73’ Xavfli vaziyat! OKMK a'zosi Dilshodbek Ahmadaliev o'ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib, kuchli zarba yo'lladi. "Buxoro" darvozaboni Umidjon Hamroev ajoyib seyv ko'rsatib, to'pni kaytarib yubordi.
🔄 69’ "Buxoro" tarkibida navbatdagi o'zgarish: Muhammad Yo'ldoshev o'rniga maydonga Islombek Baratov tushdi.
🔄 65’ "Buxoro" tarkibida bir yo'la ikkita o'zgarish amalga oshirildi: Javohir Ro'ziev o'rniga Quvondiq Ro'ziev, Temur Mamasiddiqov o'rniga esa Shahboz Jo'rabekov maydonga tushdi.
🔄 60’ OKMK tarkibida navbatdagi o'zgarish: Urosh Koyich o'zining o'rnini Arixiro Sentokuga bo'shatib berdi.
⚠️ 59’ Xavfli vaziyat! OKMK hujumchisi Urosh Koyich jarima maydonchasi ichidan xavfli zarba yo'lladi. "Buxoro" posboni Umidjon Hamroev mahorat ko'rsatib, to'pni qaytarishga erishdi!
🔄 58’ OKMK tarkibida navbatdagi o'zgarish: Eldorbek Begimov o'rniga maydonga Dilshodbek Ahmadaliev tushdi.
⚠️ 47’ Xavfli vaziyat! "Buxoro" a'zosi Vladimir Rodich o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasiga uzatdi. Shahzodbek Ubaydullaev yaqin masofadan bosh bilan kuchli zarba yo'lladi, biroq OKMKning yangi kuchlari - maydonga tushgan darvozabon Hamidullo Abdunabiev ajoyib seyv ko'rsatib, jamoasini goldan qutqarib qoldi.
46’ Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Tanaffusda jamoalar tarkibida o'zgarishlar amalga oshirildi. OKMK tarkibida Ivan Peshich o'rniga Asadbek Sobirjonov, darvozabon Javohir Ilyosov o'rniga esa Hamidullo Abdunabiev maydonga tushdi. "Buxoro" safida Velko Filipovich o'zining o'rnini Sardor Qulmatovga bo'shatib berdi.
⏸ 45+3’ Birinchi bo'lim yakunlandi. Jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.
⚽ 45+3’ GOL! "Buxoro" hisobni ochdi! Bo'limga qo'shib berilgan so'nggi daqiqalarda Temur Mamasiddiqov tomonidan burchakdan uzatilgan to'pni Sherzod Esanov bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. OKMK posboni Javohir Ilyosov to'pni qaytarishga uringaniga qaramay, o'z jamoasini goldan qutqara olmadi - 1:0!
45+2’ "Buxoro" hujumchisi Temur Mamasiddiqovning jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasini OKMK darvozaboni Javohir Ilyosov qaytarishga erishdi.
45’ Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga bosh hakam tomonidan 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
43’ "Buxoro"ning navbatdagi hujumi Temur Mamasiddiqovning zarbasi bilan yakunlandi. OKMK darvozaboni Javohir Ilyosov o'z o'rnida ishonchli harakat qilib, to'pni egallab oldi.
🟨 40’ "Buxoro" hujumchisi Shahzodbek Ubaydullaev raqib darvozabonining to'pni o'yinga kiritishiga xalaqit bergani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
⚠️ 39’ Xavfli vaziyat! "Buxoro" hujumchisi Shahzodbek Ubaydullaev 25-30 metrlardan jarima zarbasini to'g'ridan-to'g'ri darvozaga yo'lladi. To'p darvoza ustuniga tegib qaytdi, OKMK posboni Javohir Ilyosov bu vaziyatda joyida qotib qolgandi.
🟨 37’ OKMK yarim himoyachisi Aziz Xolmurodov raqibiga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun bosh hakam tomonidan ogohlantirildi va sariq kartochka bilan jazolandi.
34’ OKMK a'zosi Ivan Peshich chap qanotdan markazga tomon uzatma berdi, Siavash Haqnazariyning yo'llagan zarbasi esa noaniq ketdi.
🔄 30’ "Buxoro" tarkibida majburiy o'zgarish: jarohat olgan Boyan Mladovich o'rniga maydonga Velko Filipovich tushdi.
24’ "Buxoro" yarim himoyachisi Sherzod Esanov olis masofadan kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvozaga aniq bormadi.
⚠️ 20’ Xavfli vaziyat! "Buxoro" a'zosi Muhammad Yo'ldoshev chap qanotdan jarima maydonchasiga to'pni uzatdi. Temur Mamasiddiqov qulay imkoniyatga ega bo'lganiga qaramay, zarba yo'llay olmadi. Himoyaga yordamga kelgan OKMK futbolchisi Ivan Peshich to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
18’ "Buxoro" hujumchisi Temur Mamasiddiqov chap qanotdan markazga tomon harakatlanib zarba yo'lladi. OKMK darvozaboni Javohir Ilyosov to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.
⚠️ 16’ Xavfli vaziyat! "Buxoro" futbolchisi Sherzod Esanov havodagi kurashda g'alaba qozonib, bosh bilan Shahzodbek Ubaydullaevni raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Biroq OKMK posboni Javohir Ilyosov o'z vaqtida oldinga chiqib, to'pni egallab oldi.
⚠️ 12’ Xavfli vaziyat! OKMK a'zosi Saidafzalxon Ahrorov chap qanotdan jari maydonchasiga yorib kirib, Urosh Koyichga pas uzatdi. Koyich darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba yo'lladi, biroq Umidjon Hamroev seyv ijro etib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. Hujum yakunlangach, hakam ofsayd qayd etdi.
8’ OKMK yarim himoyachisi Siavash Haqnazariyning jarima zarbasidan yo'llagan uzatmasidan so'ng "Buxoro" darvozaboni Umidjon Hamroev to'pni mushtari bilan urib yubordi.
1’ Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Maydon egalari - "Buxoro" futbolchilari to'q ko'k, mehmonlar - OKMK vakillari esa kulrang liboslarda harakat qilishadi. Uchrashuvga start berildi!



