Mag'lubiyatdan qutilib qolishgani ularning baxti". Eron murabbiyi JCH-2026dagi Belgiya bilan o'yin haqida gapirdi

22 iyun 2026, 09:55
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir Galenoi JCH-2026 2-turidan o'rin olgan Belgiyaga qarshi bahsdagi durang (0:0) haqida gapirdi.

Ma'lumot uchun, belgiyaliklar 66-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo'lib harakat qilishgan.

"Biz yaxshi o'ynadik va g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Belgiya - juda kuchli jamoa, lekin maydonda 10 kishi bo'lib qolib, yutqazib qo'yishmagani ularning baxti. Futbolchilarim bilan faxrlanaman. Eronlik futbolchilar yuksak jangovar ruhga ega va barcha qiyinchiliklarga qaramay, Belgiyaga qarshi juda yaxshi kurashishdi. Bu o'yin o'tmishda qoldi, endi bor e'tiborimizni Misrga qarshi uchrashuvga qaratamiz", - deya Galenoining so'zlarini keltirdi beIN Sports.

3-turda Belgiya terma jamoasi Yangi Zelandiya bilan, Eron esa Misr bilan to'qnash keladi. Ikkala o'yin ham 27 iyun kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: beIN Sports