Kompani mashg'ulotdan keyin hushidan ketdi: "Bavariya" murabbiyi shifoxonaga olib ketildi

23 okt 2026, 23:12
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani virusli infekciya sabab Myunxendagi shifoxonaga yotqizildi.

Bild nashrining xabar berishicha, 40 yoshli belgiyalik murabbiyni olib ketish uchun klubning mashg'ulot bazasiga vertolyot ham kelgan.

Sky Sport ma'lumotiga ko'ra, Kompani mashg'ulotdan keyin hushidan ketgan va vertolyot bazaga kelganiga qaramay, tez yordam mashinasida shifoxonaga olib borilgan.

Avvalroq murabbiy kasalligi tufayli "Leyptsig"ga qarshi 6:1 hisobidagi g'alabadan keyingi va "Arsenal"ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuv oldidangi matbuot anjumanlarida ishtirok eta olmagan edi.

Sky Sport takidlashicha, "Arsenal"ga qarshi Chempionlar ligasi bahsidan oldin ham Kompani oyoqlarida og'riq sezgan. Bu holat virusli infekciya va uning oqibatida yuzaga kelgan son sohasidagi muammolar bilan bog'liq bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild