

Mutaxassis matbuot anjumanida Eron terma jamoasi ham o'yin sifati, ham natija borasida yomon ko'rsatkich qayd etayotganini ta'kidladi. Mamlakatdagi murakkab vaziyat sababli jamoaning o'z uyida mezbonlik qila olmayotgani ushbu pasayishning asosiy sabablaridan biri sifatida ko'rsatilgan.
Shuningdek, Tartar O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan muntazam ravishda o'yinlar tashkil etilayotganiga jiddiy etiroz bildirib, bu holatni quyidagicha izohladi:
"Tinimsiz O'zbekiston bilan o'ynayveramiz, bu esa jamoamiz obro'sini tushirishdan boshqa hech narsa bermadi. Bu muammolar terma jamoaga katta zarar etkazyapti".
Ushbu vaziyatni o'nglash maqsadida "Persepolis" ustozi OAV orqali ochiq tanqid qilish o'rniga, kelasi hafta Eron terma jamoasi murabbiylar shtabi bilan yopiq uchrashuv o'tkazib, tarkib va texnik muammolarni bartaraf etishda o'z yordamini taklif qilish niyatida ekanini ma'lum qildi.



