Kunde "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

23 okt 2026, 21:53
"Barselona" himoyachisi Jyul Kundening "Real Madrid"ga qarshi bo'lib o'tadigan "El-Klasiko"da ishtirok etishi so'roq ostida qolmoqda.

Fransiyalik futbolchi mashg'ulotlarni jamoadoshlaridan alohida o'tkazmoqda.

"Diario Sport" nashrining xabar berishicha, "Real"ga qarshi o'yinga 48 soat qolganida bo'lib o'tgan mashg'ulotda Kunde jamoa bilan birga shug'ullanmagan. U maydonga chiqqan bo'lsa-da, chap to'pig'i bog'lamlari cho'zilishi jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirib, individual dastur asosida mashq qilgan.

Futbolchining holatiga yakuniy baho shanba kungi mashg'ulotdan keyin beriladi. Hozircha taxminlar ijobiy emas. Klubda Kundening "Real Madrid"ga qarshi bahsga qadar tiklanib ulgurishi ehtimoli juda past deb hisoblanmoqda. Biroq uning uchrashuvni o'tkazib yuborishi hozircha to'liq aniq emas.

Kundening o'yin uchun qaydnomaga kiritilishi ham jiddiy savol ostida. Uning asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli esa yanada kamroq.

O'xshash yangiliklar


Manba: Diario Sport