Superliga. “Buxoro” – “Surxon” 0:0 (matnli translyatsiya)

Iskandarov Abdulaziz
23 okt 2026, 18:20
Superliga 25-turidan joy olgan “Buxoro” – “Surxon” uchrashuvi boshlanmoqda.

Superliga

25-tur

“Buxoro” – “Surxon” 0:0 LIVE

Buxoro. “Buxoro” akademiyasi maydoni. 19:00

Bosh hakam: Jasur Muxtorov

Yordamchi hakamlar: Adhamjon Rixsiboev, Abdurahmon Shukurullaev

To'rtinchi hakam: Turg'unbek Jumaboev

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Sherzod A'zamov

Nazoratchi: Marat Ismailov

Komissar: Akmal Rahmatov

"Buxoro": 12.Umid Hamroev, 5.Sardor Qulmatov, 7.Xurshidbek Muxtorov, 11.Timur Mamasidiqov (97.Shahboz Jo'rabekov,56), 17.Javohir Ro'ziev (77.Asilbek Qayyumov,71), 18.Ozodbek Rajabov, 22.Asadbek Jo'raboev (9.Nika Kacharava, 71), 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yuldashev, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich.

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 2.Velko Filipovich, 4.Nodir Ahmadjonov, 14.Islombek Baratov, 30.Boyan Mladovich, 88.Dominik Begich,

"Surxon": 86.Davron Merganov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov (17.Sarvar Abduhamidov,60), 8.Humoyun Sherbo'taev, 10.Sunnatulla Abdullajonov ( 11.Richard Fraydey,46), 18.Behruz O'ktamov, 21.Tornike Dzebniauri, 23.Komronbek Yusupov, 26.Behruz Shukurullaev, 27.Muhammadali Musaxonov, 66.Behruz Shaydulov.

Zaxira: 25.Otabek Boymurodov, 5.Mo'minxon Bahodirxonov, 15.Diyor Ramazonov, 19.Farruh Qodirov, 31.Kamron Ergashev, 32.Bobur Rahimjonov, 39.Mirmaqsud Mirusmonov.

Ogohlantirish: Sardor Qulmatov (“Buxoro”) 34, Sherzod Esanov (“Buxoro”) 45+1,

Chetlatish: Kirill Todorov (“Buxoro”) 51

74. Asilbek Qayumov jarima zarbasini ishladi.

71. O'ZGARISH. “Buxoro”, Jo'raboev o'rniga Kacharava, Ro'ziev o'rniga Qayumov tushdi.

67. “Surxon” o'yinni nazorat qilmoqda.

60. O'ZGARISH. “Surxon”, Doston Tursunov o'rniga Sarvar Abduhamidov tushdi.

56. O'ZGARISH. “Buxoro”, Timur Mamasidiqov o'rniga Shahboz Jo'rabekov tushdi.

53. “Surxon” futbolchisi Behruz O'ktamov qulay nuqtada jarima zarbasini ijro etdi. To'p jonli devorga tegdi.

51. CHETLATISH. Kirill Todorov Fraydeyni qulay vaziyatga chiqib borayotgan vaqtda qo'pollik bilan to'xtatdi. Fraydey birga bir vaziyatga chiqib borayotgandi.

46. O'ZGARISH. “Surxon”, Sunnatulla Abdullajonov o'rniga Richard Fraydey tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus!

45+1. OGOHLANTIRISH. Sherzod Esanov, “Buxoro”

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

42. Javohir Ro'zievning zarbasini Merganov ushlab oldi.

40. Rodichning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

37. “Surxon” ustozi Anvar G'ofurovga etiroz bildirgani uchun sariq kartochka ko'rsatildi.

34. OGOHLANTIRISH. Sardor Qulmatov (“Buxoro”)

32. ZARBA. Xumoyun Sherbo'taevning amalga oshirgan jarima zarbasiga aniqlik yetishmadi.

27. Doston Tursunovning zarbasi noaniq ketdi.

23. Mamasidiqovning burchak uzatmasi xavfli chiqdi. Merganov vaziyat qahramoni.

21. Uchrashuv yaxshi tempda o'tmoqda.

15. ZARBA. “Buxoro”ning ketma-ket hujumlarini Davron Merganov qaytardi. Esanovning birinchi zarbasini, qaytgan to'pni Rodich yo'lladi, yana Merganovdan seyv.

10. Rodichning jarimadan uzatmasi xavfli chiqdi. Yakuniy zarbaga aniqlik yetishmadi. Zarbani Xurshid Muhtorov yo'llagan edi.

7. Termizliklar to'p bilan ko'proq muomala qilmoqda. Ular sekin bosimni oshiryapti.

2. UX. O'yindagi ilk xavfli va keskin vaziyat yuzaga keldi. "Surxon” darvozabonining oldinga chiqib ketganidan Asadbek Jo'raboev foydalana olmadi. To'p bo'sh darvozaga kirishni istamadi.

O'yinga start berildi.

Jamoalar maydonga chiqib keldi.

Uchrashuv boshlanishiga hamma narsa tayyor!

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia