

- O'yinni yaxshi boshladik. Birinchi bo'limni to'liq nazoratimiz ostida o'tkazdik. Uchta 100 foizlik golli vaziyat yaratdik, lekin ulardan foydalana olmadik.
Ikkinchi bo'limda nima bo'lganini bilmayman. Maydonga umuman boshqa jamoa tushgandek bo'ldi. "Neftchi" o'z imkoniyatlaridan foydalanib, gol urdi. Aslida, birinchi bo'limning o'zida uchta gol urishimiz mumkin edi. Ammo futbol shunday o'yin. Ikkinchi bo'limda nima sodir bo'lganini hozircha tushunmadim.
- Birinchi bo'limda "Paxtakor" foydasiga belgilangan penalti va o'yinning so'nggi daqiqalarida jamoangiz darvozasiga belgilangan penalti haqida fikringizni bildirsangiz.
- Biz foydamizga belgilangan penalti epizodini hali ko'rmadim. O'yin oxiridagi penaltiga kelsak, bu vaziyatni qanday tahlil qilishlarini bilmayman. Epizodni ko'rdim, lekin u yerda raqibni itarish yoki tortish bo'lmagan, deb o'ylayman. Shuning uchun bu penalti haqida aniq bir fikr bildirishim qiyin.
- Sizni bir necha marta kuzatganman. Chempionlar ligasida "Paxtakor" maydonga mutlaqo boshqacha motivaciya bilan tushadi. Bugun esa birinchi bo'limda bir "Paxtakor"ni, ikkinchi bo'limda esa butunlay boshqa jamoani ko'rdik. Birinchi bo'limda jamoangiz beshta golli vaziyat yaratdi. Siz esa uchta 100 foizlik imkoniyat bo'lganini aytdingiz. Natijada bitta gol urildi, u ham penaltidan. Ikkinchi bo'limda esa vaziyat butunlay o'zgardi. Bazi o'yinlarda Superliga raqiblarini etarlicha baholamaslik yoki motivaciya yetishmasligi kuzatilmayaptimi? Ayniqsa, bugun 5–4–1 sxemasida o'ynagan raqibga qarshi to'rt-beshta vaziyat yaratildi. Ikkinchi bo'limda "Neftchi" 4–1–4–1 sxemasiga o'tdi, ammo jamoangiz tayanch yarim himoyachi orqali ham biror yaqqol golli vaziyat yarata olmadi. Bu motivaciya bilan bog'liqmi yoki vaziyatlardan foydalanishdagi muammomi? Albatta, hozir bu haqda gapirish oson emas, lekin jamoada nima o'zgardi?
- Bilmadim. Birinchi bo'limda futbolchilar maydonga motivaciya bilan tushishdi, harakat qilishdi. Ammo ikkinchi bo'limda nima bo'lganini tushunmadim. Bu haqda gaplashamiz, o'yinni tahlil qilamiz. Maydonga butunlay boshqa jamoa tushgandek taassurot qoldi. Balki futbolchilar birinchi bo'limdan keyin g'alabaga ishonib, biroz bo'shashgandir. Aniq ayta olmayman. Birinchi bo'limda haqiqatan ham uchta 100 foizlik vaziyatimiz bo'ldi. O'yinni tahlil qilib, nima sababdan bunday bo'lganini aniqlashga harakat qilamiz.
- Zaid Tahsinning ahvoli qanday? U Chempionlar ligasida ishtirok eta oladimi?
- Hozircha bilmayman. Uni tez yordam mashinasi olib ketdi. Shifokorlar hali nima bo'lganini ma'lum qilishmadi.
- Gaplaringizdan kelib chiqib, ikkinchi bo'limda jamoada nima sodir bo'lganini o'zingiz ham hozircha tushunmayotganingiz ko'rinib turibdi. Albatta, o'yinni sovuqqonlik bilan qayta ko'rib chiqish va tahlil qilish kerak. Lekin ehtimol, tanaffus paytida kiyinish xonasida futbolchilar bilan ko'proq gaplashish, ularni ruhlantirish kerakmidi? "Paxtakor" bosh murabbiyining o'yindan keyin ikkinchi bo'limda nima bo'lganini tushunmaganini aytishi biroz g'alati emasmi? Bu murabbiy vaziyatni nazoratdan chiqarib qo'yganini anglatmaydimi? Axir bosh murabbiy sifatida jamoadagi vaziyat uchun siz javobgarsiz. Bu holatga qanday izoh berasiz?
- Buni albatta ko'rib chiqamiz. Futbolchilar bilan o'tirib, har bir epizodni tahlil qilamiz va nima bo'lganini muhokama qilamiz. Ertaga yig'ilib, bu haqda batafsil gaplashamiz. Nima sababdan bunday bo'lganini tushunib olishimiz kerak. Birinchi bo'limda beshta golli vaziyat yaratgan bo'lsak, ikkinchi bo'limda ham shu o'yinni davom ettirishimiz kerak edi. Ammo nima o'zgarganini hozircha bilmayman. Ertaga jamoa bilan birgalikda o'yinni qayta ko'rib chiqamiz va tahlil qilamiz.
- Mavsum yakunlanishiga beshta tur qoldi. "Neftchi"ni "Navbahor" va "Dinamo" kabi jiddiy raqiblarga qarshi o'yinlar kutyapti. Jamoaning keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozonishiga qanchalik ishonasiz? Umuman, chempionlik uchun kurash haqida qanday fikrdasiz?
- Hali oldinda beshta o'yin bor. Hozir hech kim qaysi jamoa g'alaba qozonishini 100 foiz aniq ayta olmaydi. Biz oxirigacha kurashamiz. Imkoniyatlarimiz hali yo'qolgani yo'q. Ha, vaziyat biroz qiyinlashgan bo'lishi mumkin, lekin chempionlik uchun kurashdan voz kechganimiz yo'q. Har bir uchrashuvda g'alaba uchun harakat qilamiz va chempion bo'lish uchun oxirigacha kurashamiz.



