Rustam Ashurmatov: "Norchaev o'z imkoniyatidan unumli foydalandi"

Narzulla Saydullayev
8 okt 2026, 11:50
O'zbekiston terma jamoasi va "Istiqlol" himoyachisi Rustam Ashurmatov saytimizga intervyu berdi.

- Eronda Jahon chempionatidan keyin deyarli katta o'zgarishlar bo'lmadi. Eron matbuoti bosh murabbiydan norozimi?

- Eronda murabbiydan norozilar ko'p, lekin ularda Osiyo Kubogidan keyingina o'zgarish yuz beradi deb o'ylayman.

- Eronga qarshi bahsda O'zbekiston siz kutgandek o'ynay oldimi?

- Eronga qarshi o'yin yaxshi o'tdi. Yigitlar ishonchli harakat qilishdi. Oxirgi yillarda ular bilan ko'p to'qnash kelmoqdamiz. Yigitlar bemalol kurashib, ulardan kuchli ekanligimizni maydonda ko'rsata olishdi.

3.jpg

- 4 himoyachili taktikaga o'tganimiz bu o'yinga qanchalik ta’sir qildi?

- Har bir sxemani yaxshi va yomon tomonlari bor. Ha, 4 himoyachili taktikada oldinda imkonyatlarimiz oshadi, variantlar ko'payadi, ammo kuchli jamoalarga qarshi uynaganda bizga ko'proq himoya muhim bo'ladi. Har bir murrabiyning futbolga bo'lgan qarashi mavjud, shundan kelib chiqib jamoani o'sha sxemaga tayyorlaydi. Umid qilamanki, bu sxema ham ish beradi va jamoamiz o'zi xohlagan o'yinni qura oladi.

- Kannavaro yig'inga chaqirilmagan futbolchilarga qo'ng'iroq qildi, degan gaplar chiqdi. Sizga ham telefon qildimi? Suhbat qanday kechdi?

- Ha, to'g'ri. Kannavaro ko'plab futbolchilarga qo'ng'iroq qildi, shu qatori menga ham. Yashiradigan hech gap bo'lmadi, suhbat oddiy kechdi. Nimaga chaqirmagani, holat qanaqaligi va boshqa futbolchilarni sinab ko'rmoqchiligini tushuntirib, bizning o'yinlarimizni ham kuzatib borayotganini ta'kidlab o'tdi.

- Eron chempionatida legionerlar kamayib qolgani chempionat saviyasiga ta’sir ko'rsatdimi?

- Legionerlar kamaygani Eron chempionati saviyasiga deyarli ta’sir ko'rsatmadi. Sababi asosiy tarkibda o'ynamayotgan va jamoasiga kerak bo'lmagan legionerlar ketishdi. Jamoalar o'zlariga kerakli bo'lgan futbolchilarni ushlab qolishga maksimum harakat qilishdi va bunga qisman erishishdi.

2.jpg

- Terma jamoaga chaqirilgan qaysi yosh futbolchi sizda iliq taassurot qoldirdi?

- To'g'risini aytsam, terma jamoaga chaqirilgan yosh futbolchilarga ko'p ham vaqt berilmadi, 10-15 daqiqada nimanidir ko'rish qiyin. O'ynaganlardan esa menga Norchaev yoqdi, uni yaxshi bilaman, saviyali hujumchi, o'z imkoniyatidan unumli foydalandi deb hisoblayman.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia