"Traktor" bosh murabbiyi Hamrobekovga O'monga borishni maslahat berdi, u keyingi o'yinda maydonga tushmaydi

Iskandarov Abdulaziz
8 okt 2026, 09:13
Erondagi legionerlarimiz haqida.

"Traktor" bosh murabbiyi Javod Nekunam klub yarim himoyachisi Odil Hamrobekovni O'zbekiston terma jamoasidan keyin chempionat doirasida "Istiqlol"ga qarshi o'yin uchun Eronga shoshilinch qaytarmaslikka qaror qilganini aytdi.

"Hamrobekov o'z mamlakati terma jamoasi bilan birga bo'ldi va FIFA kunlaridagi barcha o'yinlarda to'liq maydonga tushdi. Men unga Eronga kelib, ertaga ham o'ynashini aytishim mumkin edi, ammo uning jismoniy holatini inobatga olib, uni keyingi o'yinda maydonga tushirish maqsadida O'monga borib, dam olishini tayinladim",- dedi 46 yoshli mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Tasnim