

- Mening nazarimda, ancha qiziqarli o'yin bo'ldi. Vaziyatlarga boy o'tdi, deb ayta olmayman, lekin umuman olganda, shiddati va hissiyotlarga boyligi jihatidan yomon o'yin bo'lmadi. Shuning uchun buni kurashlarga boy durang, deyish mumkin. Birinchi taymda, albatta, bizda vaziyatlar ko'proq bo'ldi. Yaxshi ko'rindik va rejaga qatiy amal qildik. Nazarimda, rejamizni bajara oldik. Raqib qanday futbol o'ynashini bilgan holda, ko'plab to'pni olib qo'yishlarga erishdik. Raqib maydonida ancha ko'p to'pni olib qo'ydik. Faqat so'nggi pas va yakuniy zarba yetishmadi. Umuman olganda, birinchi taymni yomon o'tkazmadik. Ikkinchi taymda Todorovning chetlatilishi, albatta, o'yin manzarasini biroz o'zgartirdi. Lekin yana bir bor takidlayman: raqibga ko'plab vaziyatlar yaratish imkonini bermadik. O'zimiz esa, asosan, autlardan keyin xavfli vaziyatlar yaratishga harakat qildik. Nika Kacharavada ham imkoniyat bo'ldi - o'sha vaziyatda u bizga g'alaba keltirishi mumkin edi. Eng muhimi, bosimga dosh berdik va yigitlar yana bir bor o'z xarakterlarini namoyish etishdi. Albatta, g'alaba qozonishni xohlagandik. Ammo, umuman olganda, yomon futbol ko'rsatmadik va kurashlarga boy durang qayd etdik.
- Vladovich va Filipovich jarohatdan keyin safga qaytishdi, ammo ularni asosiy tarkibda ko'rmayapmiz. Rodichning o'yinida ham bir necha uchrashuvdan beri pasayish kuzatilmoqda. Buning sababi nimada?
- Ha, ayrim jihatlarda Sizga qo'shilaman. Bugungi o'yinda ham qanot yarim himoyachilarimiz faolroq harakat qilishlarini istardim. Nazarimda, aynan ularning o'yinida keskinlik yetishmadi. Shunga qaramay, Volodya ham, Timo ham vaziyatlar yaratishdi. Aytganimdek, faqat yakuniy bosqichda shoshilishdi va imkoniyatlardan to'liq foydalana olishmadi. Ikki himoyachimiz - Vladovich va Filipovichga kelsak, ular endigina tiklanishdi. Hozir safda va o'ynashga tayyor. Ammo ularning poziciyalarida boshqa futbolchilar harakat qilmoqda. Ular o'z imkoniyatlarini kutishyapti. Bu yerda g'ayrioddiy hech narsa yo'q.
- Agar Dominik Begich asosiy tarkibda, yani Asadbek Jo'raboevning o'rniga maydonga tushsa, o'z imkoniyatlaridan to'liq foydalana oladimi? O'tgan yilgi Dominik Begichni yana ko'ra olamizmi?
- Bilmadim, buning uchun hali vaqt bor. Hammasi Dominikning o'ziga bog'liq, deb o'ylayman. U jismoniy jihatdan yomon bo'lmagan holatga kelib oldi. Uning xohishi, o'zini ko'rsatishga va jamoadagi o'rnini isbotlashga intilayotgani sezilib turibdi. Bu meni xursand qiladi. Shuning uchun kutamiz. Oldinda yana beshta o'yin bor. Uning maydondagi harakatlarini yana ko'rishingiz ehtimoldan xoli emas.
- Jamoangiz chempionatni qaysi o'rinda yakunlasa, mavsumni muvaffaqiyatli o'tdi, deb hisoblaysiz?
- Agar uchinchi o'rinni egallab, kelasi yili xalqaro musobaqalaridan birida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lganimizda, mamnun bo'lardim. Ammo buning uchun "Neftchi" kubokni yutishi, finalchilar va "Paxtakor" bilan bog'liq natijalar ham biz kutganimizdek bo'lishi kerak edi. Hozirgi vaziyatda uchinchi o'rin deyarli hech narsa bermaydi. Shunday umidimiz bor edi va shu sababli uchinchi o'rin men uchun qoniqarli natija bo'lardi. Men jadvalga qarab o'tirmayman, o'z ishimizni davom ettiryapmiz. Zimmamizdagi mas'uliyatni va bu yerda nima uchun ekanimizni yaxshi tushunamiz. Shuning uchun har bir o'yinda bor kuchimizni berishga harakat qilamiz. Qaysi o'rinni egallashimiz esa hozir unchalik muhim emas.



