

Oldinroq fransiyalik vinger Mao Czedun haqidagi hazili sabab mojaro markazida qolgan edi. Mazkur fikr Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida norozilik to'lqinini keltirib chiqardi, foydalanuvchilar Mbappeni mamlakat tarixini hurmat qilmaslikda ayblashdi.
"Real Madrid" futbol klubi o'yinchimiz Kilian Mbappening yaqinda aytgan so'zlari keltirib chiqargan ehtimoliy noqulayliklar uchun Xitoy xalqidan uzr so'raydi. Klubimiz Xitoyga, uning tarixi, madaniyati va fuqarolariga, shuningdek, "Real"ga mehr qo'ygan hamda unga havas qiladigan millionlab xitoylik muxlislarga chuqur hurmat bilan munosabatda bo'ladi.
Klub Kilian Mbappening o'z so'zlaridan afsusda ekanligini bildirgan va Xitoy xalqiga hurmatini tasdiqlagan ommaviy uzriga qo'shiladi. "Real Madrid" turli madaniyatlar o'rtasidagi hurmat, hamjihatlik va o'zaro tushunish qadriyatlariga sodiqligini tasdiqlaydi hamda Xitoy va uning fuqarolari bilan bog'lab turuvchi do'stlik hamda mehr-oqibat rishtalarini bundan keyin ham mustahkamlashni istaydi", - deyiladi "Real"ning rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotda.



