Iraola: "O'z maydonimizdagi ketma-ket uchta o'yindagi g'alaba - juda muhim"

Sherzod Nurmatov
29 okt 2026, 18:17
"Liverpul" bosh murabbiyi Andoni Iraola Angliya Liga Kubogining 1/8 finali doirasida "Chelsi" ustidan qozonilgan g'alabani (1:1, penaltilar bo'yicha - 6:5) izohladi.

"O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Har ikki jamoada ham vaziyatlar ko'p bo'lmadi. Futbolchilarimizning o'yinidan juda mamnunmiz.

Birinchi bosqichda yosh futbolchilar "Tottenxem"ga qarshi ajoyib o'ynashgandi, ular haqiqatan ham yaxshi ijrochilar. Ular juda yuqori saviyada ekanliklarini ko'rsatishdi va bizga yordam berishdi. Diqqat-e'tiborni va o'yin ustidan nazoratni saqlab qolish kerak. Georgiy Mamardashvili ko'plab zarbalarni qaytarishda yanada yaxshiroq harakat qila boshladi.

O'z maydonimizdagi ketma-ket uchta o'yindagi g'alaba - juda muhim. Chempionatda o'z maydonimizda qiyinchiliklarga duch kelayotgandik, ammo endi yakshanba kuni bizni "Arsenal"ga qarshi uchrashuv kutmoqda", – deya Iraolaning so'zlarini keltiradi BBC.

1/4 finalda "Liverpul" "Bornmut"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bosqich uchrashuvlari 15-17 dekabr kunlari bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com