

Gruziyalik futbolchining o'zi ijtimoiy tarmoqlariga ushbu uchrashuv aks etgan suratni joyladi.

Eslatib o'tamiz, Kvaratsxeliya Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi uchrashuvda (4:2) oldingi xochsimon paylarini uzib olgan edi.
PSJ vingerning maydonga qaytish muddatlarini ma'lum qilmayapti. Bunday jarohatlardan so'ng futbolchilarga taxminan 6-9 oylik tiklanish davri talab etiladi.


