"Barselona" va "Real" Xarri Keynni sotib olishga uringan

Aslanov Jasurbek
28 okt 2026, 12:06
Ispaniyaning "Barselona" va "Real" klublari 2026 yilgi "Oltin to'p" sohibiga aylangan Myunxenning "Bavariya" jamoasi hujumchisi Xarri Keynni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilgan.

Jurnalist Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, ikki ispan grandi o'yinchining vakillari bilan aloqaga chiqqan.

"Bu sizni hayron qoldirishi mumkin, biroq shunga kafolat beramanki, o'tgan yozda mavsumoldi tayyorgarligining birinchi qismida Ispaniya top-klublari - "Barselona" va "Real" Keyn bilan bog'lanishgan.

Javob esa doim bir xil bo'lgan: "Rahmat, lekin biz "Bavariya" bilan tuzilgan shartnomamizga e'tibor qaratganmiz". Hech qanday muzokaralar bo'lmadi, chunki Keyn "Bavariya"ga sodiq qolishga qaror qildi", - dedi Romano o'zining YouTube-kanalidagi ko'rsatuvda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano