Mbappe va "Real"ning uzr so'rashi etarli bo'lmadi: "Madrid" xomxayollarni yig'ishtirib qo'ygani maqul"

Aslanov Jasurbek
28 okt 2026, 15:45
Xitoy davlat teleradiokompaniyasi hisoblanmish China Media Group Kilian Mbappening Mao Czedun haqidagi so'zlaridan so'ng keltirilgan uzrlarni ishonchsiz deb hisoblashini va uzr so'ralganiga qaramay, La Liga o'yinlari translyatsiyasi tiklanmasligini tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Real" va Fransiya terma jamoasi hujumchisi o'zini diktator sifatida tasvirlagan memlar haqidagi savolga javob berayotib, Xitoy diktatori qiyofasidagi tasviridan do'stlari bilan suhbatda tez-tez foydalanishini aytib o'tgan edi. Shundan so'ng uchta mahalliy kompaniya futbolchi bilan hamkorlikni to'xtatdi, mamlakat hududida esa Ispaniya chempionati namoyishi vaqtincha to'xtatildi. Keyinchalik La Liga, Xaver Tebas, "Real" va Mbappening o'zi Xitoy xalqidan ommaviy ravishda uzr so'rashgan edi.

CMG yoshlar va sport bo'limi vakilining ma'lum qilishicha, Mbappening so'zlari "fikrni erkin ifoda etish doirasidan chiqib ketgan" va o'yinchiga egalik qiluvchi klub sifatida "Real" "yuz bergan holatni e'tiborsiz qoldira olmaydi".

"[Mbappening so'zlari] Xitoy xalqini haqorat qildi va barcha chegaralardan chiqib ketdi. Xitoy xalqining tuyg'ulariga tegadigan har qanday so'z yoki harakat muqarrar ravishda jamiyatning barcha qatlamlari tomonidan ommaviy rad etishga duch keladi va "Real" bu kabi xomxayollardan voz kechgani maqul", - deyiladi korporaciya bayonotida.

Qayd etilishicha, China Media Group Mbappe, "Real" va La Ligadan omma oldida uzr so'rashni, shuningdek, kompaniyaga rasmiy xat yuborishni talab qilmoqda. Shu bilan birga, Xitoyda Ispaniya chempionati translyatsiyasi talab darajasidagi uzr qabul qilinmaguncha tiklanmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As