"Atletiko" yanvarda Brunu Fernandeshni sotib olishga urinadi

Sherzod Nurmatov
29 okt 2026, 13:50
Madridning "Atletiko" klubi qishki transfer oynasida "Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandeshni safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda “Fichajes” xabar berdi.

Avvalroq Ispaniya klubining portugaliyalik yarim himoyachiga qiziqishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi, biroq o'shanda ehtimoliy muzokaralar yozgi transfer oynasi bilan bog'langandi. Endilikda "matraschilar" o'z rejalarini tezlashtirishlari va futbolchining transferi bo'yicha yanvardayoq kelishib olishga harakat qilishlari mumkin.

Fernandesh atrofidagi vaziyatga "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik bilan bo'lgan nizo yanada ko'proq ta’sir ko'rsatdi. O'tgan hafta sardor jamoaning "Komo"dan 1:4 hisobida uchragan mag'lubiyatidan so'ng murabbiyni tanqid qilgan, so'ngra mankunianlarning 0:3 hisobidagi muvaffaqiyatsizligi bilan yakunlangan "Bornmut"ga qarshi APL bahsida zaxirada qoldirilgandi. Keyinchalik murabbiy va futbolchi o'rtadagi kelishmovchiliklarni bartaraf etgani haqida xabarlar paydo bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes