Jamoasi safarda yutgan murabbiy, dubl muallifi bo'lgan hujumchi va shedevr gol egasi. Proligada 24-turning eng yaxshilari aniqlandi

Sherzod Nurmatov
29 okt 2026, 15:59
24-27 oktyabr kunlari O'zbekiston Proligasida 24-turdan o'rin olgan 7 ta o'yin bo'lib o'tdi.

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.

Tur murabbiyi - Sergey Lebedev (“FarDU”)

"FarDU" ortda qolgan turda "Lochin" mehmoni bo'lib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Farg'onaliklar bahs davomida ishonchli harakat qilib, raqibni mag'lub etdi. Ushbu muvaffaqiyat sabab "FarDU" ustozi turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

Pro liga eng yaxshi murabbiy kopiya (17).jpg

Tur futbolchisi - Akobir To'raev (“BuxDU”)

"BuxDU" Toshkentda "Paxtakor-farm" mehmoni bo'lib, 3:0 hisobidagi yirik va ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Uchrashuvda buxoroliklar hujumchisi Akobir To'raev dublga erishib, jamoasining muvaffaqiyatida bosh qahramon bo'ldi. Ko'rsatgan yorqin o'yini sabab u turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Pro liga eng yaxshi futbolchi kopiya (16).jpg

Tur darvozaboni - Dilshod Yoqubov (“FarDU”)

Yuqorida takidlanganidek, "FarDU" bu turda "Lochin" ustidan 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Uchrashuv davomida bir nechta xavfli vaziyatlarda ajoyib seyvlarni amalga oshirib, jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qolgan farg'onaliklar posboni Dilshod Yoqubov haqli ravishda turning eng yaxshi darvozaboni sifatida qayd etildi.

Pro liga eng yaxshi darvozabon kopiya (16).jpg

Tur goli - Abdulvosid Soliev (Respublika FA)

Respublika FA bu turda "QMU Jayxun" maydoniga safar uyushtirib, 2:2 hisobida jangovar durang qayd etdi. Bahsning 9-daqiqasida Abdulvosid Soliev chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi bilan darvozani ishg'ol qildi. Ushbu shedevr gol haqli ravishda turning eng chiroyli goli deb topildi.

Pro liga eng Tur goli kopiya (17).jpg

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia