"Liverpul"ning yoz uchun asosiy maqsadi aniq

Sherzod Nurmatov
3 okt 2025
"Liverpul" "Kristal Pelas" himoyachisi Maksans Lakrua safiga qo'shib olmoqchi.

Bu haqda "Football Insider" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli fransiyalik futbolchining transferi 2026 yilning yozida amalga oshishi mumkin.

Lakrua 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 11 o'yinda maydonga tushdi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt uning transfer qiymatini 25 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider