"Manchester Yunayted" himoyasini Norvegiya terma jamoasi futbolchisi bilan mustahkamlamoqchi

9 iyul 2026, 22:40
Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Yulian Ryuerson faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Manbaga ko'ra, "Manchester Yunayted" futbolchini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" allaqachon futbolchi bilan dastlabki aloqalarni o'rnatgan. "Arslonlar" o'z himoyachisini 30 million evrodan kam narxda qo'yib yubormaydi.

Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" Ryuersonning jahon chempionatidagi o'yinidan hayratda. Himoyachi JCH-2026da Norvegiya terma jamoasi safida 3 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild