"Al Hilol" 80 mln. evro evaziga niderlandiyalik vinger sotib olyapti

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2026, 21:41
Krisensio Sammervill faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

The Athletic xabariga ko'ra, vingerning yangi klubi "Al Hilol" bo'ladi. "Vest Xem" bonus hisobiga taxminan 80 million evro oladi, niderlandiyalik futbolchi esa uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

Shu tariqa, Ar-Riyod klubi "bolg'alilar"ga 47 million evro va bonuslar taklif qilgan "Roma"ni Sammervill uchun kurashda ortda qoldirdi.

24 yoshli futbolchi o'tgan mavsum APLda 31 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic