JCH-2026da O'zbekiston terma jamoasi o'yinini boshqargan hakam faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2026, 21:13
Entoni Teylor hakamlik faoliyatini yakunladi.

47 yoshli referi JCH-2026 dan so'ng faoliyatida "yangi bosqich"ni boshlash vaqti kelganini ma'lum qildi.

Angliyalik hakam APLda 16 mavsum ishlagan, ikkita jahon chempionatiga taklif qilingan, 2017 va 2020 yilgi Angliya kubogi finallarini hamda 2023 yilgi Yevropa ligasi finalini boshqargan.

Eslatib o'tamiz, Entoni Teylor O'zbekiston terma jamoasining mundiallardagi debyut o'yini (JCH-2026, Kolumbiyaga qarshi) boshqargan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic