

Superliga. 13-tur
"Paxtakor" – "Xorazm" 2:1
21 iyul, 20:00
Bosh hakam: Doston Rahmonov
Qanot hakamlari: Alisher Usmonov, Avaz Abdullaev
Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov
Nazoratchi: Vadim Agishev
VAR hakamlari: Asker Najafaliev, Dias Galeev (AVAR)
Komissar: Sherzod Rajabov
Gollar: 0:1 – 8, Elzio Luan (Rustamjon Abduhamidov), 1:1 – 18, Sardor Sobirxo'jaev (Bashar Resan), 2:1 – 67, Stefen Chinedu (Bashar Resan)
“Paxtakor”: 35. Sanjar Quvvatov, 4. Zaid Tahsin, 7. Hojiakbar Alijonov, 10. Akmal Mozgovoy, 21. Bashar Resan (8. Dilshod Saitov, 69), 27. Sardor Sobirxo'jaev (9. Ibrohim Ibrohimov, 82), 34. Sherzod Nasrullaev, 50. Flamarion Jovino (23. Abdurauf Bo'riev, 82), 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 77. Oybek Bozorov (11. Hojimat Erkinov, 69), 90. Stefen Chinedu (14. Rustam Turdimurodov, 76)
Zaxira: 12. Vladimir Nazarov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 17. Dostonbek Hamdamov, 20. Dilshod Abdullaev.
”Xorazm”: 33. Nikola Stoshich, 5. Abbosjon Otaxonov, 13. Elzio Luan (7. Temurbek Ismoilov, 64), 15. Diyorbek Ortiqboev (71. Umidbek Sultonov, 80), 17. Danil Nugumanov (55. Azizbek Pirmuhammadov, 64), 22. Sunnatulloh Hamidjonov, 25. Matia Rom, 34. So'hrob Izzatov, 90. Ulug'bek Hoshimov, 94. Rustamjon Abduhamidov (10. Yanis Leri, 55 (79. Azizjon Ahrorov, 80)), 96. Rafael Sabino
Zaxira: 1. Mashhurjon Muhammadjonov, 11. Danila Ejov, 88. Abror Xo'sinov, 97. Bubakar Traore.
Ogohlantirishlar: Diyorbek Ortiqboev (32), Rafael Sabino (66), Abdurauf Bo'riev (87)
O'yin yakunlandi.
90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.
88. “Xorazm” xavfli hujum tashkil etdi, jarima maydoni ichidagi paslardan so'ng yakuniy xavfli uzatmaga mehmonlar futbolchisi ulgurmadi.
87. Bo'riev markazda qo'pollik uchun ogohlantirildi.
82. “Paxtakor” tarkibida ikki o'zgarish.
80. “Xorazm” tarkibida ikki o'zgarish.
78. Ismoilovning jarimadan tepgan to'pini Quvvatov ushlab oldi.
76. “Paxtakor”da o'zgarish.
74. Flamarionning jarima maydoni chizig'idan yo'llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.
72. Xavfli vaziyat! Chineduning akrobatik uslubda tepgan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.
69. “Paxtakor” tarkibida ikki o'zgarish.
67. GOL! Chinedu "Paxtakor"ni hisobda oldinga olib chiqdi! Bashar Resanning faolligi natijasi jarima maydonida sherigidan to'pni qabul qilib olgan hujumchi "sherlar" safidagi ilk rasmiy golini urdi!
66. Chineduni markazda qo'pollik bilan to'xtatgan Sabino ogohlantirildi.
63. Burchakdan uzatilgan to'pga Chinedu bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.
61. Resanning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.
57. Xavfli vaziyat! Nasrullaevning chap qanotdan uzatmasini Mozgovoy bosh bilan darvoza to'g'rilashga urindi, biroz aniqlik yetishmadi.
55. “Xorazm” tarkibida o'zgarish.
52. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Flamarion ko'kragi bilan Chineduga to'g'rilab berdi, “Paxtakor” hujumchisi esa mo'ljalda biroz adashdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Taym yakunlandi.
45+1. Chinedu raqib futbolchisi bilan to'qnashdi. U bir muddat maydonda yotdi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.
40. “Xorazm” jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo'ldi, Izzatovning uzatmasi qaytarildi.
35. Chinedu raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda aniq zarba bera olmadi, to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.
32. Flamarion raqib jarima maydoni yonida Ortiqboev tomonidan fol evaziga to'xtatib qolindi. "Xorazm" futbolchisi ogohlantirildi.
31. Xavfli vaziyat! Chap qanotdan uzatilgan to'pni Bozorov darvozaga to'g'rilashga urindi, to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.
29. “Paxtakor” jarima maydoni yaqinida standart vaziyat yuzaga keldi.
23. Kuling-brek.
21. Flamarion ofsaydda.
18. GOL! Resanning jarima maydoniga uzatmasini Sobirxo'jaev raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ydi!
17. Alijonovning jarimadan uzatmasini himoyachilar qaytardi.
8. GOL! "Xorazm" hisobni ochdi! Darvozabon boshlagan hujum chap qanot orqali davom etdi. Rustamjon Abduhamidovning jarima maydoniga oshirgan pasini Elzio Luan darvozaga to'g'rilab qo'ydi!
7. “Xorazm”ning qarshi hujumi Luanning zarbasi bilan yakunlandi, Quvvatov o'z o'rnida.
1. Mehmonlarning ilk hujumi xavfli zarba bilan yakunlandi. Izzatovning chap qanotdan uzatmasini Hoshimov darvozaga to'g'rilashga urindi, Quvvatovdan seyv.
1. O'yin boshlandi.
Jamoalar maydonga chiqishdi. “Paxtakor” to'q binafsharang, “Xorazm” oq liboslarda o'ynaydi.



