

Birmingemliklar Shveytsariya terma jamoasining 20 yoshli futbolchisi uchun 60 million evrodan sal ko'proq mablag' to'lashadi, deb xabar bermoqda insayder Fabricio Romano.
"Villa" Manzambining o'zi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
JCH-2026 doirasidagi 4 ta o'yinda yarim himoyachi 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi o'tgan mavsum nemis jamoasi safida 47 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 7 ta gol va 9 ta assist bor.



