Alexandro Garnachoning yangi klubi ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2026, 14:15
“MektebiGala” nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Istanbulning “Galatasaroy” klubi Garnachoning agentidan argentinalik futbolchining ehtimoliy o'tishini yakuniy bosqichga olib chiqish uchun “Chelsi” bilan muzokaralar o'tkazishni so'ragan.

Ijara ssenariysi “Chelsi”ning poziciyasiga bog'liq bo'ladi. Agar London klubi ushbu formatga rozilik bersa, tomonlar o'rtasidagi rasmiy muzokaralar yaqin orada boshlanishi mumkin.

“Galatasaroy” vaqtdan yutish uchun ancha faol harakat qilmoqda: klub “Chelsi” har yili ko'plab futbolchilarni ijaraga yuborishini yaxshi tushunadi, shu sababli “ko'klar” o'zlarining ijara kvotasini to'ldirib qo'yishlaridan oldin Garnachoni qo'lga kiritishga intilmoqda.

Argentinalik futbolchi o'tgan mavsum “aristokratlar” tarkibida 43 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt talqiniga ko'ra, uning transfer qiymati 28 mln evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: MektebiGala