Superliga. "Bunyodkor" "Nasaf"dan so'ng "Buxoro"ga ham mag'lub bo'ldi

Iskandarov Abdulaziz
21 iyul 2026, 21:50
Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Buxoro" - "Bunyodkor" 1:0 (TUGADI)

21 iyul, 20:00
Bosh hakam:
Shavkat Nasibullaev
Qanot hakamlari: Dilshod Jumaniyozov, Quvondiq Dushanov
Zaxira hakami: Shohinur Boymatov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
VAR hakamlari: Abdurashid Xudoyberganov, Edita Mirobidova (AVAR)
Komissar: Oybek Davletmuratov

Gol: Asadbek Jo'raboev 45+1, 1:0

“Buxoro”: 12. Umidjon Hamroev, 5. Sardor Qulmatov (25. Sherzod Esanov, 66), 6. Ravshan Xayrullaev, 11. Temur Mamasidiqov, 17. Javohir Ro'ziev, 22. Asadbek Jo'rabekov, 27. Muhammad Yo'ldashev, 30. Boyan Mladovich, 42. Kirill Todorov, 78. Vladimir Rodich, 97. Shohboz Jo'rabekov.

Zaxira: 13. Azizxon Isoqov, 8. Anvarjon Jo'raev, 9. Nika Kacharava, 10. Shahzodbek Ubaydullaev, 14. Islombek Baratov, 19. Abbos Umarov, 77. Asilbek Qayumov, 88. Dominik Begich.

Bunyodkor”: 1. Abdumavlon Abduljalilov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Najmiddin Normurodov, 6. Boburbek Yo'ldoshev ( 66. Azizbek To'lqinbekov, 68), 8. Dmitriy Pletnyov (11. Sardor Abdunabiev, 80), 9. Matiya Krivokapich, 10. Amir To'raqulov, 18. Narimonjon Ahmadjonov (27. Islom Anvarov,80) 21. Nosirjon Abdusalomov, 45. Shamsiddin Tursunmahamadov (17. Muzaffar Olimjonov, 60), 77. Bilolxon Toshmirzaev.

Zaxira: 16. Federiko Botti, 19. Mirkomilbek Murg'odov, 20. Abdulfayz Bobomurodov, 28. Samandarjon Mavlonqulov,88. Mirkomil Annamatov.

Ogohlantirish: Javohir Ro'ziev (“Buxoro”) 40, Ravshan Xayrullaev (“Buxoro”) 54

Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

85. O'ZGARISH. “Buxoro”, Vladimir Rodich o'rniga Asilbek Qayumov tushdi.

80. O'ZGARISH. “Bunyodkor”, Narimon Ahmadjonov o'rniga Islom Anvarov, Dmitriy Pletnyov o'rniga Sardor Abdunabiev tushdi.

78. O'ZGARISH. “Buxoro”, Asadbek Jo'raboev o'rniga Nika Kacharava tushdi.

67. O'ZGARISH. “Bunyodkor”, Bobur Yo'ldoshev o'rniga Azizbek To'lqinbekov tushdi.

IMG_7915.JPG

66. O'ZGARISH. “Buxoro”, Sardor Qulmatov o'rniga Sherzod Esanov tushdi.

60. O'ZGARISH. “Bunyodkor”, Shamsiddin Tursunmuhammadov o'rniga Muzaffar Olimjonov tushdi.

58. ZARBA. Yana Asadbek Jo'raboev yana boshi bilan zarba yo'lladi. Abdumavlon Abdujalilov to'pni qaytardi. Boz ustiga o'yindan tashqari holat ham bo'lgan ekan.

54. OGOHLANTIRISH. Ravshan Xayrullaevga sariq kartochka ko'rsatildi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

IMG_7851.JPG

Tanaffus!

45+1. GOL. “Buxoro” tanaffusga g'alaba bilan chiqib ketadigan bo'ldi. Rodich “Bunyodkor” jarima maydoni ichida erkin harakat qilib to'pni Jo'raboevga uzatdi. To'p unga tegib darvoza to'ridan joy egalladi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Bobur Yo'ldoshevning uzatmasifat zarbasini Umidjon Hamroev qaytarib yubordi. Oxirgi 3 daqiqada “qaldirg'ochlar” ustunlik qayd etdi.

40. OGOHLANTIRISH. Javohir Ro'ziev, “Buxoro”!

39. ZARBA. Javoxir Ro'ziev raqib jarima maydoni ichida “Bunyodkor” himoyachilarini ortda qoldirib zarba yo'lladi. Xavfli lekin noaniq.

36. Amir To'raqulov kuchli zarba bilan to'pni tepdi. To'p darvoza tepasidan o'tib ketdi.

31. UUUX. “Buxoro” o'yindagi ilk keskin vaziyatni yaratdi. Asadbek Jo'raboevning boshi bilan yo'llagan zarbasi ustunga tegdi.

IMG_7842.JPG

28. “Buxoro” yarim himoyachisi Xayrullaevning zarbasi juda noaniq ko'rinish oldi.

25. “Bunyodkor” chiroyli tarzda raqib himoyasini yorib o'tmoqchi bo'ldi. Uzatmalar yakuni gol bilan tugamadi.

20. “Bunyodkor” oldinga o'tishga urinib ko'rdi. Zarba noaniq.

13. O'yinda temp yuqori emas!

7. Yana “Buxoro”dan hujum uyushtirdi. Xayrullaevning zarbasi noaniq chiqdi.

3. ZARBA. Jo'rabekov autdan o'zi to'pni tashladi, himoyachilardan qaytgan to'pni darvozaga yo'lladi. Yana “Bunyodkor” himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

  • O'yinga start berildi.

  • Jamoalar maydonga chiqib keldi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia