Argentina terma jamoasi yulduzi APLga yo'l olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2026, 16:05
Londonning “Arsenal” klubi Xulian Alvaresni diqqat bilan kuzatib bormoqda va bu borada “Atletiko” Madridning poziciyasi londonliklar foydasiga hal bo'lish ehtimoli bor.

Taniqli insayder Ben Jeykobsning so'zlariga ko'ra, London klubi “Atletiko” va Argentina terma jamoasi hujumchisi atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda va uni sotib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

Madrid klubi rahbariyati argentinalik forvardni La Ligadagi to'g'ridan-to'g'ri raqobatchisiga sotib kuchaytirgandan ko'ra boshqa chempionat jamoasiga qo'yib yuborishni afzal ko'radi. “Atletiko”ning bunday poziciyasi futbolchining kelajagi uchun Angliyaga ko'chib o'tish eng real variantlardan biri bo'lishini taminlashi mumkin.

Hozirgi bosqichda “Arsenal” tomonidan rasmiy taklif yuborilgani yoki klublar o'rtasida muzokaralar faol bosqichga kirgani haqida ma'lumotlar yo'q. Ayni damda “kanonirlar” shunchaki vaziyatni kuzatish bilan cheklanmoqda.

Ta'kidlab o'tish joizki, Alvaresning “Atletiko” bilan amaldagi bitimi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, uning tovon puli esa 500 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/JacobsBen