"Qaldirg'ochlar" tarsaki egan kun: "Buxoro"ning "Bunyodkor" ustidan uydagi so'nggi g'alabasi

Iskandarov Abdulaziz
21 iyul 2026, 17:50
Bugun kun doirasidan Superliga 13-turidan yana bir qiziqarli qarama-qarshilik o'rin olgan.

Ilyos Zeytullaev boshchiligidagi "Bunyodkor" jamoasi safarda "Buxoro" bilan kuch sinashadi. Ko'hna shahar jamoasi shu kungacha mezbon sifatida Toshkent klubi bilan 16 bor to'qnash kelgan. Bu o'yinlarda buxoroliklar 9 bor mag'lub bo'lgan, 6 ta bellashuvda murosa ko'chasini tanlagan va 1 bor g'alabani tantana qilgan. Mazkur tarixiy g'alaba 2017 yilgi mavsumda qayd etilgan bo'lib, unda Ulug'bek Bakaev Qosimov boshqarayotgan "qaldirg'ochlar"ni 4:2 hisobida dog'da qoldirgan.

19:00 - “Buxoro” (Buxoro) – “Bunyodkor” (Toshkent) 4:2

Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), R. Abduvaxidov (Qarshi)

Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

O'zPFL vakili: B. Haydarov.

Gollar: Nurillo To'xtasinov 22 avtogol, - 1:0. Ivan Nagaev 25, - 2:0. Sanat Shixov 36, - 3:0. Dostonbek Hamdamov 65, - 3:1. Nozim Umurov 79, - 4:1. Vadim Chemirtan 90+3, - 4:2.

"Buxoro": Erkin Jabborov, Bobirjon Omonov, Sanat Shixov, Artyom Filiposyan, Alisher Shog'ulomov (Nozim Umurov, 60), Shoxrux Gadoev, Zohir Pirimov, Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Vladimir Baenko, Ivan Nagaev.

Zaxira: Akmal Tursunboev, Elbek Ravshanov, Suhrob Ne'matov, Ivor Veycer, Bahriddin Vahobov, Mirjalol Jumaev

"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Javlon Ibrohimov, Shaxzodbek Nurmatov, Eldor Shomurodov (Vadim Chemirtan, 59), Dostonbek Hamdamov, Nurillo To'xtasinov (Farrux Ikromov, 41), Dilshod Ahmadaliev, Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov (Sardorbek Azimov, 75).

Zaxira: Dilshod Hamroev, Javlon Mirabdullaev, Davronbek Umirov, Xurshid G'iyosov

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia