Superliga. "So'g'diyona" 8 yillik yoqimsiz seriyaga barham beradimi?

Iskandarov Abdulaziz
21 iyul 2026, 18:33
Zominda bizni murosasiz va kurashlarga boy o'yin kutmoqda.

Chempionlik uchun kurashayotgan "Neftchi" jamoasi, jon saqlash yo'lidagi "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi. Bu ikki klub Superliga doirasida Jizzaxda 29 marotaba ro'baro' kelgan. Mazkur o'yinlarda katta ustunlik farg'onaliklar tomonida, 15 g'alaba. Mezbonlar faqat 6 ta bahsda 3 ochkolik bo'lishgan. Mezbonlar oxirgi marotaba 2018 yilgi mavsumda "Neftchi"dan ustun kelgan (3:0).

Keyingi o'yinlarda quyidagi natijalar qayd etilgan.

30.09.2025. "So'g'diyona" – "Neftchi" 0:1

02.03.2024. "So'g'diyona" – "Neftchi" 1:2

18.03.2023. "So'g'diyona" – "Neftchi" 0:2

14.09.2022. "So'g'diyona" – "Neftchi" 0:0

02.10.2018. "So'g'diyona" – "Neftchi" 3:0

O'sha mavsumda "So'g'diyona" elitadagi o'rnini saqlab qolgan, "Neftchi" esa Proligaga ravona bo'lgan.

photo_2026-07-21_18-29-45.jpg

Superliga, 25-tur
02.10.2018, seshanba
18:00 "So'g'diyona" – "Neftchi" 3:0
Hakamlar:
Hasan Ro'ziev, Mo'min Majidov, Olim Abduvosilov, Sultonmurod Abdurahmonov.
Nazoratchi: Igor Nexochin.
Komissar: Sherzod Rajabov.

Gollar: Darvidas Sernas 29, - 1:0. Shohruz Norxonov 55, - 2:0. Oybek Nurmatov 88, - 3:0.

"So'g'diyona": 88.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 10.Shohruz Norxonov (27.Sahob Rashidov, 85), 28.Shahboz Jo'rabekov, 70.Sanjar Rashidov (14.Siroj Meliev, 90+2), 80.Darvidas Sernas (39.Oybek Nurmatov, 63), 90.Milash Simonovich, 91.Nikola Milinkovich, 93.Ixtiyor Toshpo'latov, 94.Nuriddin Hasanov, 99.Nurillo To'xtasinov.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 55.Shohjahon Hasanov, 77.Izzatilla Abdullaev, 85.Ruslan Melziddinov, 89.Kim Dong Xi.

"Neftchi": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Shukurali Po'latov (s), 7.Murodbek Bobojonov, 14.Abrorbek Ismoilov, 20.Husniddin G'ofurov, 40.Boburbek Yuldashev, 44.Dostonbek Toshmatov (10.Anvar Berdiev, 75), 45.Avazxon Mamatxo'jaev (23.Abduraxmon Abdulxaqov, 61), 65.Shodiyor Hojimatov, 91.Sherzod Hakimov, 95.Dostonbek Tursunov.
Zaxira: 12.Muzaffar Abdullaev, 15.Dilyorbek Irmatov, 16.Shuhratillo Rahmonov, 33.Islom Toshpo'latov, 35.Doston Abdurahmonov, 64.Mirjamol Ne'matov, 71.Xurshidbek Asqaraliev.

Ogohlantirishlar: Sherzod Hakimov 17, Darvidas Sernas 53, Abror Ismoilov 64.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia