

Bir qator jamoalar rahbariyati ikkinchi davra oldidan yangi mutaxassislarga ishonch bildirishga qaror qildi.
Quyida tanaffus vaqtida murabbiylar shtabida yuz bergan asosiy o'zgarishlar va yangi tayinlovlar bilan tanishing:
🔄 Bosh murabbiylar rotaciyasi va yangi tayinlovlar
"Mashal": Muborakliklar tanaffusda bosh murabbiyni butunlay almashtirishga qaror qilishdi. Jamoaga tajribali mutaxassis Sergey Lushchan bosh murabbiy etib tayinlandi. Unga avvalgi jamoalaridagi doimgi hamrohi Muhiddin Ortiqov yaqindan yordam beradi.
"Qizilqum": Navoiyliklar rotaciyaga qo'l urib, tanish chehrani ortga qaytarishdi. Jamshid Saidov yana "Qizilqum" bosh murabbiyi sifatida ish boshladi. Uning shtabiga jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis sifatida sobiq futbolchi Akmal Shorahmedov jalb etildi.

🛠 Murabbiylar shtabiga kelib qo'shilgan mutaxassislar
"Paxtakor": Toshkentliklar murabbiylar shtabini xorijlik mutaxassis bilan mustahkamladi. Kamoliddin Tojiev shtabiga serbiyalik murabbiy Branislav Radulovich kelib qo'shildi.
"Neftchi": Farg'onaliklar tarkibda va shtabda bazi o'zgarishlarni amalga oshirdi. Klub Fakundo Stik, Yurgen Gyode bilan xayrlashgan bo'lsa, uning o'rniga argentinalik mutaxassis Xuan Kruz Jil taklif etildi.

"So'g'diyona": Jizzaxliklar ustozi Ulug'bek Bakaev shtabi ikki nafar rossiyalik mutaxassis bilan boyidi. Jamoaga Artyom Gorlov hamda darvozabonlar bilan ishlash bo'yicha Pavel Polikarpov taklif etildi.
"Surxon": Mavsumni "Qo'qon-1912" jamoasida Andrey Shipilov shtabida boshlagan Anatoliy Kurlaev faoliyatini Termizda davom ettiradigan bo'ldi. U endi "Surxon"da Anvar G'ofurovga ko'maklashadi.
Jamoalardagi bu kabi murabbiylik rotaciyalari va xorijlik hamda mahalliy tajribali mutaxassislarning kelishi chempionatdagi raqobatni yanada qizitshi shubhasiz. Yangilangan shtablar o'z klublari oldiga qo'yilgan vazifalarni qay darajada bajarishini esa maydondagi o'yinlar ko'rsatadi.



