Ko'zyoshlar, olqishlar va qizil yo'lakcha: Argentina JCH finalidagi mag'lubiyatdan so'ng chempionlardek kutib olindi

Sherzod Nurmatov
21 iyul 2026, 16:10
Argentina terma jamoasi JCH-2026 finalida Ispaniyadan uchralgan mag'lubiyatdan (0:1) so'ng vataniga qaytdi.

Eseysa aeroportida futbolchilar uchun qizil yo'lakcha to'shaldi, Patrisios polki orkestri esa 2022 yilgi Jahon chempionatidagi g'oliblikdan so'ng Argentina terma jamoasining ramziga aylangan Muchachos qo'shig'ini ijro etdi. Hal qiluvchi o'yindagi omadsizlikka qaramay, milliy terma jamoa haqiqiy chempionlardek kutib olindi.

Buenos-Ayres ko'chalariga milliy bayroqlarini ko'targan minglab muxlislar chiqishdi. Ishqibozlar turli hayqiriqlar bilan futbolchilarni olqishlashdi va butun turnir davomidagi matonatli o'yinlari uchun minnatdorlik bildirishdi.

12.jpg17.jpg13.jpg14.jpg

Jamoaning ko'plab ishqibozlari jurnalistlarga final natijasi ularning futbolchilarga bo'lgan munosabatini o'zgartirmaganini tan olishdi.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messi jamoasi ketma-ket ikkinchi bor Jahon chempionati finaligacha yetib bordi va bu safar qo'shimcha vaqtda Ispaniya terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi.

15.jpg16.jpg

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Al Jazeera