Muhammad Saloh uchun asosiy da'vogar klub nomi ma'lum qilindi

11 iyul 2026, 01:18
MLS ishtirokchisi "Kanzas-Siti" klubi Muhammad Salohni o'z safiga qo'shib olish uchun asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda.

"The Athletic" xabariga ko'ra, 34 yoshli hujumchining AQSH chempionatiga yo'l olishi ehtimoli past. Chunki unga Saudiya Arabistonining bir nechta katta klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Shu bilan birga, Salohning o'zi ham "Liverpul"ni tark etgach, faoliyatini avvalo Yevropada davom ettirishni istamoqda. Ammo kelajakda MLSga o'tish ehtimolini ham ko'rib chiqmoqda.

Muhammad Saloh "Liverpul" safida sakkiz yil davomida klub tarixidagi eng yorqin futbolchilardan biriga aylandi. U mersisaydliklar bilan Premer-liga, Chempionlar ligasi, Angliya kubogi va bir qator boshqa sovrinlarni qo'lga kiritgan.

O'tgan mavsumda misrlik hujumchi Angliya Premer-ligasida 27 ta uchrashuv o'tkazib, 7 tadan gol va golli uzatma muallifi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic