

Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
17 yoshli futbolchi turnirning eng yosh ishtirokchisiga aylandi va Meksika terma jamoasining asosiy o'yinchilaridan biri bo'ldi. Meksikaliklar 1/8 finalgacha yetib borib, unda Angliyaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Liverpul" ehtimoliy transfer shartlari va futbolchining poziciyasini bilish uchun uning vakillari bilan allaqachon aloqaga chiqqan. Shu bilan birga, muzokaralar hali dastlabki bosqichda va kelishuvgacha hali ancha bor.
Yaqinda Mora "Tixuana" bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirdi. Kelishuvda uning kelajakda Yevropa klubiga o'tishini osonlashtiradigan band ko'zda tutilgan. FIFA qoidalariga ko'ra, yarim himoyachi xorij jamoasiga faqat 18 yoshga to'lganidan keyin - 2026 yilning oktyabr oyida qo'shila oladi.
Meksikalik iqtidorga, shuningdek, "Real", "Barselona", "Manchester Siti", "Chelsi" va "Arsenal" klublari ham qiziqish bildirmoqda.



