

Avvalroq, Parij klubi Ferran Torres bilan oldindan kelishib olgani ma'lum bo'lgandi. Ispaniyalikni faqat Barkolya sotilgan taqdirdagina sotib olish mumkin bo'ladi.
PSJ 23 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha bir necha oydan beri muzokaralar olib bormoqda - bu muzokaralar jahon chempionati davomida to'xtatilgan edi. Barkolyaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan, futbolchining rejalari hozircha noma'lum.
Fransiyalik vingerga "Liverpul”, "Bavariya" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda. PSJ uni 150 million evroga baholamoqda.
Barkolya o'tgan Liga 1 mavsumida 29 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



