

Insayder Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, ingliz klubi 23 yoshli futbolchi uchun 125 million evro to'lashga tayyor, o'yinchi bilan shartnoma esa 2032 yilning yoziga qadar mo'ljallanishi mumkin.
"Liverpul"ning Barkolyaga qiziqishi bejiz emas: klub Muhammad Salohning ketishidan so'ng hujum chizig'ini kuchaytirish yo'llarini izlamoqda va fransiyalik futbolchini Andoni Iraolaning yangi jamoasidagi asosiy yulduzlardan biri sifatida ko'rmoqda.
Barkolya "Lion"dan o'tganidan keyin – 2023 yildan beri PSJ safida to'p tepib kelmoqda. U Parij klubi libosida 152 ta o'yin o'tkazib, 39 ta gol va 35 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan, 2025/26 yilgi mavsumda esa barcha musobaqalarda o'z hisobiga 13 ta gol va 6 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.



