Superliga. "Dinamo" o'z uyida "Xorazm" bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
14 avg 2026, 21:50
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Xorazm" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Dinamo" - "Xorazm" 2:2

14 avgust 2026 yil. Samarqand, "Dinamo" stadioni. 20:00

Hakamlar: Olim To'ychiboev, Shohruhbek Azamov, Azizbek Isaqov, Sardorbek Salohiddinov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Daniil Yacenko

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Davron Ibrohimov

Gollar: Rustam Abduhamidov 41, - 0:1. Behruzbek Oblaqulov 63, - 1:1 (Jahongirbek Abdusalomov). Jahongirbek Abdusalomov 74, - 2:1 (Tigran Avanesyan). Diyorbek Ortiqboev 82, - 2:2 (Daniil Nugumanov).

"Dinamo": 1.Edem Nemanov, 3.Mixail Shtefan, 4.Nurillo To'xtasinov (21.Jahongirbek Abdusalomov, 46), 7.Sanjar Qodirqulov (22.Ulug'bek Abdullaev, 31), 15.Rasul Yo'ldoshev (30.Haris Hayderovich, 46), 16.Amadu Dumbuya (44.Abdug'afur Haydarov, 58), 19.Tigran Avanesyan (25.Oybek O'rmonjonov, 75), 20.Jaloliddin Jumaboev, 26.Marko Stanoevich, 37.Firdavs Abdurahmonov, 77.Behruzbek Oblaqulov.

Zaxira: 13.Ravshanbek Yagudin, 17.Salim Mustafoev, 18.Raul Jeparov, 24.Akbar Xudayberdiev, .

"Xorazm": 77.Umidjon Ergashev, 13.Elzio Lohan (11.Danila Ejov, 78), 15.Diyor Ortiqboev, 17.Daniil Nugumanov, 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 34.Suhrob Izzatov, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 71.Umidbek Sultonov (6.Nurjahon Muzaffarov, 78), 90.Ulug'bek Hoshimov (41.Ismadiyor Ummatov, 84), 94.Rustam Abduhamidov (9.Sardorbek Azimov, 46), 96.Rafael Sabino (8.Nodirbek Abduxaliqov, 65).

Zaxira: 33.Nikola Stoshich, 3.Ravshanbek Sultanov, 12.Maksim Shiryaev, 88.Abror Xo'sinov.

Ogohlantirishlar: Danila Ejov 90,

MATNLI TRANSLYATSIYA

90+3. O'yin tugadi, “Dinamo” - “Xorazm“ 2:2

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

90. Ogohlantirish. “Xorazm“. Danila Ejov

88. ZARBAAAA! Hamidjonovning bosh bilan bergan zarbasidan keyin Nemanov to'pni qaytardi!

84. O'zgarish. “Xorazm“. Hoshimov o'rniga Ummatov tushdi

82. GOL! DIYORBEK ORTIQBOEV! 2:2. Burchakdan Nugumanov uztagan to'pni Ortiqboev boshi bilan darvozaga yo'lladi!

78. O'zgarishlar. "Xorazm". Lohan va Sultonov o'rniga Ejov va Muzaffarov tushdi

75. O'zgarish. “Dinamo“. Avanesyan o'rniga O'rmonjonov tushdi

74. GOL! JAHONGIRBEK ABDUSALOMOV! 2:1. Avanesyandan to'pni qabul qilib olgan Abdusalomov uzoq masofadan aqlli zarba bilan gol urdi!

66. "Dinamo" gol urdi, ammo undan oldin Haydarov Ergashevga urilgani uchun gol inobatga olinmadi

65. O'zgarish. "Xorazm". Sabino o'rniga Abdixaliqov tushdi

63. GOL! BEHRUZBEK OBLAQULOV! Abdusalomovning uzatmasidan keyin Oblaqulov o'ng qanotdan chap oyog'i bilan ajoyib gol urdi 1:1.

60. ZARBAAAA! Jumaboevning kuchli zarbasidan keyn Ergashev to'pni qaytardi, Haydarovning zarbasi esa noaniq chiqdi

59. ZARBA! Haydarov tushishi bilan zarba berdi, Ergashev o'z o'rnida

58. O'zgarish. "Dinamo". Dumbuya o'rniga Haydarov tushdi

56. ZARBA! Firdavs o'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirib zarba yo'lladi, yana biroz noaniq

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Dinamo". Yo'ldoshev o'rniga Haris Hayderovich, Nurullo To'xtasinov o'rniga Jahongir Abdusalomov maydonga tushdi

46. O'zgarish. “Xorazm“. Abduhamidov o'rniga Azimov tushdi

45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:1

45+1. ZARBA! Abdurahmonovning zarbasi noaniq!

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

44. UXXX! "Dinamo"dan xavfli hujum, Oblaqulov tovoni bilan to'pni sherigiga qoldirdi, Abdurahmonovning zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi!

41. GOL! RUSTAM ABDUHAMIDOV! Edem Nemanov juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va raqib gol bilan jazoladi!

40. ZARBA! Avanesyandan navbatdagi zarba... Biroz noaniq

39. Navbatdagi xavfli zarba! Tigran yo'llagan zarbani Ergashev qaytarib qoldi

35. Xavfli vaziyat! Hoshimov birga bir vaziyatdan noaniq zarba berdi, ofsayd ham bor ekan

34. ZARBAAAAAA! UXXX! Lohandan super to'p uzatishdan keyin Umid Sultonov birga bir vaziyatga chiqib kyetib zarba berdi, to'p Nemanovga tegib maydonni tark etdi!

31. O'zgarish. "Dinamo". Qodirqulov o'rniga Ulug'bek Abdullaev maydonga tushdi

29. Goldan qutqargan Qodirqulov jarohat oldi va o'yinni davom ettira olmasligini ma'lum qildi

26. UXXX! QANDAY VAZIYAT! Hoshimovdan ajoyib uzatma, Abduhamidovdan zarba, to'p darvozabondan ham o'tdi, biroq Qodirqulov darvoza chizig'i ustidan to'pni qaytardi va jamoasini muqarrar goldan qutqardi!

18. UXXX! Qodirqulov burchakdan uzatgan to'pni Oblaqulov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq

15. UXXX! "Xorazm"ning uzoq davom etgan hujumini "Dinamo" himoyachilari bir amallab qaytarishdi.

8. Xavfli vaziyat! Dumbuyaning uzatmasidan keyin Obloqulovning bosh bilan yo'llagan zarbasi biroz noaniq chiqdi

3. ZARBA! Nugumanovning zarbasidan keyin Nemanov to'pni ushlab oldi

1. UXXX! “Xorazm“ o'yinni tezkor hujum bilan boshladi, uning uzatmasini Nemanov egallab oldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- O'yin soat 20:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia