Zayniddin Tojiev: "Kuchli raqibga qarshi o'ynadik"

14 avg 2026, 22:55
Proliganing 15-turi doirasidagi "G'azalkent" - "Olimpik-Mobiuz" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Zayniddin Tojiev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Avvalambor assalomu alaykum. Uchrashuvga keladigan bo'lsak, kuchli raqibga qarshi o'ynadik. Nimaga unaqa deyapman? Chunki uch-to'rt yildan beri bu jamoa birga. Bir-birini tushunish, bir-birini his qilish bizga nisbatan sal yuqoriroq. Nimaga? Chunki baribir bizning bolalar hali yosh, lekin juda katta tajriba orttirishmoqda. O'yinga keladigan bo'lsak, golgacha o'yin bo'ldi. Bugun bitta xato va gol o'tkazib yubordik. O'tkazib yuborgandan keyin o'zimizda kuch topa olmadik. “Olimpik-Mobiuz” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

- Zaynitdin aka, bugun oxirgi o'yinlarga solishtirganda, “G'azalkent” futbolchilarining ko'zida olov kamroqdek ko'rindi. Odatda bu yosh yigitlar doim, deyarli hamma o'yinga ko'zlari yonib tushardi. Bugun o'sha narsa sal yetishmagandek tuyuldi chetdan qaraganda.
- Yo'q, chetdan qaraganda emas, bu bor narsa. O'yindan oldin ham bemalol o'ynanglar, qo'rqmanglar, o'yinlaringni ko'rsatinglar, deb ham aytildi. Hamma narsa bo'ldi. Baribir bular yosh bola. Barqarorlik bularda hali bo'lmaydi. Bitta o'yinni yaxshi o'ynaydi, keyingisida unchalik emas. Lekin asos bor. Xudo xohlasa, bularning hammasini taxlil qilib, keyingi o'yinga tayyorlashga harakat qilamiz.

1000141723.jpeg

- Jarohatlar borasida so'ramoqchi edim. Laziz Mirzaev diskvalifikaciya, Ro'ziboev hamda jamoa sardori Mirqodirov jarohat tufayli bugungi o'yinni o'tkazib yuborishdi. Ularning har ikkalasi ham asosiy tarkib futbolchilari. Ular qachon safga qaytishadi?
- Mirqodirovga keladigan bo'lsak, uni xavf ostiga qo'ymadik. U hali 100 foizga tayyor emas edi. Shuning hisobiga kelishgan holda unga dam berishga qarorga keldik. Lazizga keladigan bo'lsak, xudo xohlasa, mana tartib-intizom qo'mitasi yig'ilishi bo'ladi. Xudo xohlasa, o'shanda nechta o'yin, qachon qo'shilishi ma'lum bo'ladi. Mana Ro'ziboev ham yo'q. Himoyada ikkitalik shakllanib qolgan edi - Ibodullaev bilan Ro'ziboev. Jarohat bo'lishi tabiiy hol. O'shalardan keyin, Jamoliddinovga ham berdik imkoniyat. Bundan oldingi o'yinda gol ham urdi. Endi sekin-sekin bittasi chiqib ketadi, boshqa bolalar o'sha vaziyatdan foydalanib, o'zini ko'rsatishga harakat qilishi kerak. Chunki baribir bizda raqobat bor narsa. Lekin hozircha, zaxirada qolayotganlar asosiy tarkibdagilarni darajasiga eta olmayapti. Mashg'ulotlar orqali, xudo xohlasa, bularni ham bartaraf qilib, raqobatdosh qilib tarbiyalashga harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia