

- Hammaga salom. O'yin quvnoq, keskin kurashlarga boy bo'ldi. O'ylaymanki, muxlislarga ham yoqdi, chunki ko'p hujumlar, ko'p kurashlar bo'ldi. Natijani adolatli deb hisoblayman. Bugungi o'yinda yutqazishimiz ham, yutishimiz ham mumkin edi. Vaziyatlar bo'ldi. Birinchi bo'lim boshida gol urish uchun juda yaxshi vaziyatlarimiz bo'lgandi. Ammo bu futbol.
- “Dinamo”dan Xorazmga o'tgan Ulug'bek Hoshimovning o'yini haqida.
- Bugun, bilmadim, balki hayajon ta’sir qilgandir. Sobiq jamoasiga qarshi o'yinga haddan tashqari ko'p xissiyotlarga berilgandir. Bugun hujumda uning o'yini biroz o'xshamadi. Demak, keyingi o'yinda o'xshaydi.
- “Xorazm” uzoq vaqt katta futboldan yiroqda edi. Mana endi jamoa juda yaxshi futbol o'ynamoqda. O'rtamiyonalardan yuqorida o'ynayapti, to'pga egalik qilyapti va jamoada juda sifatli legionerlar paydo bo'ldi. Bugun ko'rdim, jamoada xorijlik jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy ham bor ekan, to'g'rimi? Aytish mumkinki, Xorazmga klub rahbariyati juda jiddiy qarayapti, shundaymi?
- Ha, rahbariyatga katta rahmat, ular bizni qo'llab-quvvatlashyapti. Biz rivojlanishga harakat qilyapmiz. Shuning uchun xorijlik mutaxassislarni taklif qildik. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy va fizioterapevt, reabilitolog. Chunki bizda, O'zbekiston bozorida, afsuski, bu borada biroz qiyin. Bular muhim jihatlar, jamoada jismoniy tayyorgarlikni taminlaydigan va jarohatlardan so'ng o'yinchilarni tiklaydigan muhim murabbiylar. Shuning uchun viloyat rahbariyatiga bizga shunday murabbiylarni jalb qilish imkoniyatini berganlari uchun rahmat. Legionerlarga kelsak, ishlashga harakat qilyapmiz. Albatta, har doim ham xohlagan narsamiz amalga oshavermaydi. Ikki legionerni qo'yib yubordik, ularning o'rniga boshqa ikkitasini oldik. Ular hali o'yinda ishtirok etishmadi, hujumchilar faqat Urganchda mashg'ulot o'tkazishyapti. Ular jamoaga foyda keltiradi deb umid qilamiz.
- Hozir O'zbekiston futbolida, odatda biz bilamizki, rossiyalik, MDH davlatlaridan murabbiylar kelib, ko'plab jamoalarda ishlashgan. Ammo hozir O'zbekiston futbolida bir guruh yosh murabbiylar, sizning tengdoshlaringiz paydo bo'ldi. Ko'pchilik klublarni shunday yosh murabbiylar boshqaryapti. Siz, Timur Kapadze, Islom Ismoilov, Anvar G'ofurov. Bu nima bilan bog'liq, nima deb o'ylaysiz?
- Bu qachondir sodir bo'lishi kerak edi. Chunki, futbol bir paytlar bir joyda qotib qolgandi. Hozir esa siz aytgan yosh mutaxassislar rivojlanyapti, o'rganyapti, o'syapti. O'ylaymanki, yoshlarga kuzatish va rivojlanish osonroq. Katta yoshdagi odamga ko'pincha qayta moslashish qiyin, futbol esa bir joyda turmaydi, rivojlanadi. O'ylaymanki, bu shunga bog'liqki, yosh murabbiylar hozir, ehtimol, zamon bilan, futbol talablari bilan hamqadam bo'lishyapti. Ular zamonaviy futbol talablariga osonroq va yaxshiroq moslashishyapti.
- O'yindan oldin jamoani qanchalik o'rgandingiz? Mutaxassis sifatida fikringizni bilmoqchi edim. Raqib jamoa, yani “Dinamo”ning qanday minus va plyuslari bor?
- Albatta, biz raqibni o'rgandik, bu birinchi o'yinimiz emas, birinchi davrada ham ular bilan o'ynaganmiz. O'yin uslubi o'zgarmagan. “Dinamo” - o'yinchilar tanlovi bo'yicha juda sifatli jamoa. Ular to'p bilan juda yaxshi ishlaydi, to'pni nazorat qilishni yaxshi ko'radi. Biz esa birinchi bo'limda pressing qo'llashga harakat qildik va pressing o'z samarasini berdi, biz gol urdik. Keyin, minuslar haqida men buni muhokama qilmasam kerak. Bu murabbiylik etikasi. O'ylaymanki, bu haqda “Dinamo” murabbiyining o'zi gapiradi. Lekin biz harakat qildik, ha. Albatta, nimadir o'xshamadi, xohlagan, rejalashtirgan hamma narsamiz ham amalga oshmadi. Ammo sekin-asta oldinga harakat qilamiz. Rahmat.



