“Liverpul” va PSJ Barkolya bo'yicha kelisha olmayapti

Sherzod Nurmatov
6 avg 2026, 16:40
Parijliklar futbolchi uchun 150 million evrodan ortiq mablag' so'ramoqda

“L’Equipe” nashrining xabar berishicha, Fransiya klubi futbolchining o'tishi uchun 150 million evro va bonuslar talab qilmoqda, ammo angliyaliklar buncha pul to'lashga tayyor emas.

“Liverpul” to'lashga tayyor bo'lgan maksimal summa 120 million evroni tashkil etadi.

Oldinroq futbolchining o'zi “Liverpul”ga o'tishdan manfaatdor ekani haqida xabar berilgandi.

PSJ vingeri o'tgan mavsum barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe