

Immobile o'zining uzoq yillik faoliyati davomida:
713 ta uchrashuvda maydonga tushdi;
367 ta gol urdi;
82 ta golli uzatma amalga oshirdi;
7 ta sovrinni qo'lga kiritdi;
4 marta A Seriyaning eng yaxshi to'purari bo'ldi;
1 marta Oltin butsa sohibi bo'ldi.
Immobile faoliyati davomida "Yuventus", "Jenoa", "Torino", "Borussiya" D, "Sevilya", "Lacio", "Beshiktosh" kabi jamoalarda o'ynadi. So'nggi jamoasi sifatida Fransiyaning "Parij" jamoasi qoladigan bo'ldi. Shuningdek, u Italiya termasi tarkibida 57 o'yinda qatnashib, 17 bora raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan.
Shu tariqa, italiyalik forvard 713 ta rasmiy o'yindan so'ng katta futbol bilan xayrlashdi.



