Farhod Nishonov: "Jarohatlangan futbolchilarimiz safga qaytsa, yanada kuchliroq bo'lamiz"

14 avg 2026, 22:40
Proliganing 15-turi doirasidagi "G'azalkent" - "Olimpik-Mobiuz" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov o'z fikrlarini bildirdi.

- Ko'rganingizdek, o'yin qiziqarli bo'ldi. Ikkita jamoa ham g'alaba uchun kurashdi. Ochiq futbol bo'ldi. “G'azalkent” ham juda yaxshi jamoa, ko'rinib turibdi. Tarkibi yosh, lekin sifatli o'yinchilari bor. Yigitlarimga rahmat aytaman. Oxirigacha kurashdik, o'zimiz uchun bo'lgan muhim ochkoni qo'lga kiritdik.

- O'tgan o'yinda jamoangiz “Sho'rtan” bilan durang o'ynagan paytida o'yin tomonidan raqibdan ko'ra kuchsizroq ko'ringan edi va o'shanda siz vaqtinchalik charchoq bilan bog'liqdir, to'rtta o'yindan beri bir xil tarkib tushirib kelayapman degan edingiz va bugun esa buning aksini ko'rdik, yani futbolchilaringizda balki qanaqadir qo'shimcha motivaciya bormidi, juda ham tetik va ko'rinib turgandek, xuddi raqib singari, balki raqibdan ham biroz ko'proq ko'zlari yonib turgandek tuyuldi menga.
- To'g'ri, ko'proq g'alabani xohladik. O'tgan safar ham aytgandim, anchadan beri bir xil tarkib bilan o'ynayotgandik. Hozir ko'ryapsiz, rotaciya qilinyapti. Sababi, bizlar o'sha hujum zonamizda ko'p o'yinchilarimiz jarohatga yo'liqishdi. Ular sekin-sekin, asta ko'rganingizdek, safga qaytyapti. Keyingi o'yinga yana asosiy ikkita o'yinchimiz bor. Ular ham agar sog'ayib qaytadigan bo'lsa, men o'ylayman, yana ham tarkibimiz kuchliroq o'ynaymiz. Biz tarkibda reja qilgan o'yinchilarimiz sekin-sekin jarohatdan qutulib, tarkibga qo'shilishyapti. Shu orqali bugun ham rotaciya qildik, baribir o'z kuchini berdi.

- Begis Kuanishbaevning o'yini haqida so'ramoqchi edim. Hujumdagi o'yinchilar ko'plab jarohatli, yaxshi bilamiz va shu paytda bu yigit juda ham yaxshi ochilib ketdi va katta ehtimol oldida jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylandi hozirgi yo'qotishlar paytida.
- To'g'ri aytdingiz. Begis o'zi bizga kelgan vaqtida ham asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanardi, lekin u ham jarohat olgandi, qo'li singandi. Qo'li singan, uzoq muddat asosiy guruh bilan mashg'ulot qilmadi. Hozir qaytgan, hozir eng yaxshi jismoniy holatini ko'rsatyapti. Aytib o'tganingizdek, agar Begis o'zining ustida ishlasa, uning futbolimizga, jamoamizga foydasi juda katta. Chunki u hozirgi futbol talab qiladigan prinsiplar bor: to'psiz harakat, to'p uchun kurash, tezlik, sprintlar. Bu bo'yicha Begisning ko'rsatkichi juda yuqori.

1000141718.jpeg

- Darvozabonlar bo'yicha savol bermoqchi edim. Yani Samandar Muratbaev ketgandan keyin darvozabon o'rnini to'ldirishga ozgina qiyinchilik bo'ldi va Asqar juda ham yaxshi o'yin ko'rsatyapti oxirgi o'yinlarda, juda eng yaxshi formasida desa ham bo'ladi va hozirgi kunda Asqar tushmay qolsa yoki nimadir bo'lsa, zaxiradagi darvozabonning o'rnini bosa oladimi?
- Samandar Muratbaev vaqtida Asqar ikkinchi darvozabon buyurgan. Unda ham tajriba bor. Umar Rustamovni olganmiz, u ham juda yaxshi darvozabon. Hozir gap darvozabonlar murabbiyi bo'yicha ketyapti, qaysi birini o'ynatamiz, buni ular hal qilishadi. Asqar oxirgi ikkita o'yinda asosiy tarkibda o'ynayapti. Undan oldin Umar o'ynadi, undan oldin Shahboz o'ynadi. Ko'z tegmasin, bugungi o'yinidan ko'nglim to'ldi. O'tgan o'yin xatolarga yo'l qo'ygandi, bu o'yin o'zini yaxshi ko'rsatyapti. Men o'ylayman, agar shunday davom etsa, Asqar tarkibda qoladi. Asqarning tajribasi bor, o'tgan yildan beri Pro ligada o'ynamoqda. O'tgan yili “Lokomotiv” bilan kurashganimizda ham Samandar o'ynamagan, Asqar o'ynagan. Xudoga shukur, o'zining o'tgan yilgi tajribasi bilan hozir bemalol o'ynayapti.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia