"Liverpul" Barkolya uchun qancha pul sarflashga tayyorligi ma'lum

30 iyul 2026, 10:25
"Liverpul" Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Bradli Barkolyani sotib olish bo'yicha o'zining ilk taklifi summasini belgilab oldi.

"Liverpul" Barkolyani klubni tark etgan Mohamed Salohning o'rniga asosiy nishon sifatida ko'rmoqda va Bradli PSJ bilan ikki yildan so'ng tugaydigan shartnomani uzaytirishdan uzil-kesil voz kechgach, faol harakatga o'tishga tayyor.

"The Telegraph" nashri xabariga ko'ra, "Liverpul" 110 million funtdan ortiq mablag' taklif qilishga tayyorlanmoqda, PSJ esa Fransiya terma jamoasining 23 yoshli o'yinchisini 145 million funtga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph