

- Xo'sh, nima ham deyish mumkin… O'yinni yaxshi boshladik, boshida to'g'ri o'ynayotgandek edik, keyin esa ahmoqona xatolarga yo'l qo'ya boshladik. Bu esa gol o'tkazib yuborishimizga olib keldi. Keyin xarakter ko'rsatib, oldinga chiqib oldik va yana himoyada ahmoqona xatoga yo'l qo'ydik. Bunday golni qanday o'tkazib yuborish mumkin? Aynan o'sha erga uzatma bo'lishini bilib turgan edik. Tajribali yigitlarning bunday himoyalanishi meni juda hayratda qoldirdi. Ularni yana qayerdadir qolib ketishdi. 11 metrlik nuqtadan raqib yugurib kelib, bemalol zarba berdi. Albatta, ahmoqona gollar. Umuman olganda, jangovar durang bo'ldi, o'ylaymanki, muxlislarga o'yin yoqdi, u yoqdan-bu yoqqa hujumlar bo'ldi. Afsuski, navbatdagi ikki ochkoni yo'qotdik.
- Jarohatlangan futbolchilarning ahvoli qanday?
- Hozircha hammasi o'sha-o'sha. Mana, ko'rib turganingizdek, Qodirqulov ham safdan chiqdi, shuning uchun hozircha jarohatlanganlar maydonga tushishga tayyor emas. Borimizdan kelib chiqib harakat qilamiz.
- Ularni qachon maydonda ko'rishimiz mumkin?
- Bilmadim, ular intervyularda o'z taxminlarini aytishyapti. Shuning uchun qachonligini aytish qiyin. Tibbiy shtabimiz qanday ishlashini ko'ramiz. Hammasi ularga bog'liq bo'ladi. O'yinlar ketma-ket bo'lyapti, ularni tayyorlashga ham vaqt yo'q. Hatto ular hali mashg'ulot ham o'tkazishmadi, tarkibga yaqin ham kelishmayapti. Shuning uchun aytish qiyin.
- Oldindagi ikki turda OKMK va Paxtakor bilan o'yinlar bor. Ulardan uch ochkodan olish uchun nima qilish kerak deb o'ylaysiz?
- Yo'q, bu futbol. Bugun ochko yo'qotamiz deb kim o'ylagandi? Biz bu haqda o'ylamagandik. Raqiblar jiddiy, shunga yarasha tayyorlanamiz. Boshqa variantimiz yo'q. Kim bor bo'lsa, shulardan kelib chiqib tayyorlanamiz.
- Burchak zarbalari raqiblar uchun doim “Dinamo”ga qarshi xavfli bo'lgan. Raqiblar buni biladi va shuning uchun undan foydalanishni xohlashadi. Bugun ham jamoa burchakdan gol o'tkazib yubordi. Bunga qarshi nima qilish mumkin?
- Aytyapman-ku, biz tushuntirdik. Ular yana qayerdadir qolib ketishdi. Ular ko'r mushukchalardek raqiblarga ergashib ketishdi. Gol uriladigan nuqtani egallash kerak-ku. Bu juda oddiy. Gol uriladigan joylar bor. O'sha yerda o'ynash va turish kerak, ularning orqasidan qaergadir chiqib ketish kerak emas. Aynan ular to'siq qo'yishlari va raqiblar gol urmasligi kerak. Lekin bir kishi o'sha nuqtada paydo bo'lib, xech qanday qarshiliksiz gol uradi. Bunday bo'lmasligi kerak. Barchasini tushuntiramiz, lekin afsuski, maydonda ular shunday qarorlar qabul qilishadiki, biz o'zimiz burchak zarbasini normal qabul qilib, biror nima qila olmaymiz. Bazan tushuntirmasdan, qanday bo'lsa shunday bo'lsin, degan fikr keladi.
- Jahongirbek Abdusalomov so'nggi paytlarda kam o'ynayapti, lekin bugun zaxiradan tushib, bitta uzatma berdi va bitta gol urdi. Uning jismoniy holati qanday? Nega u bunchalik kam o'ynayapti?
- Yo'q, yuklama hammaga bir xilda tushadi. Shuning uchun biz o'yinni kuchaytirish maqsadida uni biroz ushlab turdik. Har safar u o'yinni kuchaytirish uchun maydonga tushadi. Bugun u maydonga tushib, gol urdi, ikkinchi golni. Shuning uchun hozir faqat taktik rejalar tufayligina u kamroq o'ynamoqda.
- G'alabali seriyadan so'ng jamoa “Neftchi” bilan durang o'ynadi, bu juda yaxshi natija edi. Keyin “Lokomotiv”ga yutqazdik, bugun ham hamma g'alaba qozonamiz deb kutgandi. Hamma buni Anvar Hojimirzaevning yo'qligi bilan bog'layapti. U jamoa o'yiniga qanchalik ta’sir qiladi?
- Yo'q, shubhasiz, Amonov, Hojimirzaev, O'rozov kabi futbolchilar, albatta, jamoa yetakchilardan va bunday futbolchilar bo'lmaganidan keyin har qanday jamoa ma'lum qiyinchiliklarga duch keladi. Biz ham bundan mustasno emasmiz. Umid qilamizki, menimcha, bu ko'proq bizdagi jadval bilan bog'liq. Shunday bo'ldiki, “Lokomotiv”dan oldin ularda ikki kunlik ustunlik bor edi. “Xorazm” ham bir kun ko'proq dam oldi. Endi Olmaliqqa boramiz, OKMK kecha o'ynadi. Biz esa hali ularning oldiga borishimiz kerak. Qandaydir shunday bo'lyaptiki, biz doim tiklanish qismida yutqazyapmiz. Umid qilamizki, munosib ko'rinish uchun kuchimiz etadi, ko'ramiz. O'zimdan kelib chiqib shuni aytamanki, ertalabdan shunday xabarlar keldi, ha, Abduxoliqovning farzandi vafot etibdi. Bu, albatta, katta zarba, men tushunaman. Shuning uchun jamoa nomidan hamdardlik bildirdik. Bu u uchun juda dahshatli fojia, albatta. Ikkinchi farzandi… Biz o'zimiz nomimizdan, jamoa nomidan, hamma nomidan hamdardlik bildiramiz. U o'zini tutishi kerak. Bu, albatta, og'ir. Dunyodagi yagona adolatsizlik, menimcha, ota-onalar farzandlarini dafn qilmasligi kerak. Shuning uchun bu juda qiyin. Shuning uchun hozir futbol haqida gapirish juda og'ir, qiyin.



