

Biroq, Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolash uchun u dunyoning eng yaxshi futbolchisi Messi deb yolg'on gapirishga majbur bo'lgan.
"Men matbuot anjumanida yolg'on gapirishimga to'g'ri kelgan. "Las-Palmas"da o'ynab yurgan paytlarimda mendan kimni eng yaxshi o'yinchi deb hisoblashimni so'rashganida, Ronaldu deb javob bergandim, sevimli jamoam esa "Real" edi.
"Barselona" bilan shartnoma imzolayotganimda esa, mendan "Barsa" sevimli jamoam ekanligini va Lionel Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanini aytishimni so'rashdi. Aks holda u yerda shunchaki o'ynay olmasding, buning iloji yo'q edi. Bunday holat boshqa futbolchilar bilan ham sodir bo'lgan.
Matbuot anjumanidagi eng birinchi savol ham aynan shunday bo'ldi: dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim? Men Lionel Messi, deb javob berdim. Men yolg'on gapirgandim", - deb yozdi Boateng ijtimoiy tarmoqlarda.
Ronaldu ushbu post ostida to'rtta kulib turgan smaylik qoldirib, bunga o'z munosabatini bildirdi.



