Beppe Marotta: "Ronalduning "Yuventus"ga o'tishiga qarshi bo'lganman"

6 iyun 2026, 21:12
"Inter" prezidenti Beppe Marotta 2018 yili "Yuventus"dan ketishi haqida gapirdi.

"Men Krishtianu Ronalduning transferiga qarshi bo'lganman, ammo "Yuventus"dan ketishim aynan shu bilan bog'liq emas.

Klub egalari oldinga qadam tashlaganda, rahbar esa bir qadam ortga chekinishi kerak", - dedi Marotta "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.

Portugaliyalik futbolchi 2018 yil yozida “Real”dan “Yuventus”ga o'tgan va 3 mavsumda 134 o'yinda qatnashib, 101 gol va 28 assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport